Breaking News

Kurd jangarilari Turkiyadan chiqishdan to'xtagan


Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari
Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari
Kurdiston ishchilar partiyasi Anqarani va’da qilingan islohotlarni amalga oshirmayotganlikda ayblab, Turkiyadan jangarilarini olib chiqishni to’xtatgan.

Turkiyada kurdlar manfaatini himoya qiluvchi Tinchlik va demokratiya partiyasi raisasi Gultan Kisanakning aytishicha, hamma narsa hukumat qo’lida.

"Jarayon to’xtab qolgani bilan uni hal qilish qiyin emas. Eng qiyini hukumatni demokratik ruhda fikrlashga undash. Fikrlashda, siyosatda va pozitsiyasida o’zgarish bo’lmasa, tinchlik va demokratiya jarayoni Anqaraning aybi bilan boshi berk ko’chaga kirib qoladi", - deydi Kisanak.

Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari jangarilarni olib chiqishni to’xtatgani bilan mart oyida imzolangan sulhning boshqa shartlariga amal qilishda davom etamiz, deydi.

Partiya jangarilarini Turkiyadan Iroqqa ko’chirishga ilk bor may oyida rozi bo’lgan edi. Buning evaziga Anqara mamlakatdagi kurdlar hayotini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlarni amalga oshirishga so’z bergan.

Hukumat kurdlar partiyasi bayonotiga javoban ko’p yillik mojaroga barham berish ahdidan qaytganimiz yo’q, islohotlarni bajaramiz, demoqda.

Xususan, kurdlar Turkiya qamoqxonalarida o’tirgan faollarini ozod etishni, aksil-terror choralar haqidagi qonunni yumshatishni, saylov haqidagi qonunlarga tuzatishlar kiritishni hamda kurd bolalarga o’z ona tilida ta’lim olishga imkoniyat yaratishni so’rab keladi.

O’tgan oy Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an partiyani sulh shartini bajarmayotganlikda ayblab, Turkiyani jangarilarning atigi 20 foizi tark etganini aytdi.

Hukumat tayyorlagan islohotlar dasturi parlament tasdig’idan o’tishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG