Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi xalqaro Human Rights Watch tashkiloti yangi hisobotida Qirg'iziston xavfsizlik kuchlarini iyun oyida janubda o'zbeklarga qarshi xunrezlikka bevosita aloqadorlikda ayblamoqda. Hujjatda aytilishicha, qirg'iz harbiylari o'zbek mahallalariga kirib, himoya uchun o'rnatilgan to'siq-barrikadalarni olib tashlab, jinoiy to'dalarga yo'l ochgan.
91 sahifadan iborat hisobotda hukumat kuchlarining ba'zilari zo'ravonliklarni rejalab, faol ishtirok etgani xavotir bilan tilga olinadi va tashkilot bu hollarni tergov qilishga chaqiradi.
Human Rights Watch, shuningdek, xunrezlikdan keyingi davr mobaynida qirg'iz huquq-tartibot organlarini o'zbeklarni so'roq paytida qiynoqqa solayotganini, advokat yollashiga yo'l bermayotganini ham ta'kidlaydi.
Human Rights Watch: Qirg'iziston janubidagi zo'ravonliklarda xavfsizlik kuchlari qatnashgan
- Amerika Ovozi
Tashkilot 91 sahifali hisobot chop etib, qirg'iz xavfsizlik kuchlari bugun ham o'zbeklarga tajovuz qilishda davom etayotganini aytadi.