Breaking News

Qirg’iziston ahlining yangi 2011 yildan tilagi - tinchlik, xotirjamlik


Qirg’iziston ahlining yangi 2011 yildan tilagi - tinchlik, xotirjamlik
Qirg’iziston ahlining yangi 2011 yildan tilagi - tinchlik, xotirjamlik

Turli alg’ov-dalg’ov, inqiloblar, ommaviy tartibsizliklardan ko’p aziyat chekkan qirg’izistonliklarning yangi yil tilaklari oddiy va hayotiy. Ular tinchlik, omonlik, xotirjamlik istashadi:

“2010 yil biz uchun juda ham og’ir yil keldi. Bunaqasini hech ko’rmagan edik. Tinchlik, xotirjamlikni qadriga yetdik. Xudoyim kimki yangi yilning boshidan nimani niyat qilsa, berarkan. Tinchlik bo’lsa yeganimiz ham, ichganimiz ham, kiyganimiz ham tatiydi. Ilohim o’zini yurtini tashlab ketgan hammasi qaytib kelsin. Millatlar-aro do’stlik, inoqlik bo’lsin. Odamlarga iymon tilayman”.

“2011 yilda millatlar-aro tinch, aka-ukadek, o’zbek, o’ris, qirg’iz ittifoq bo’lib yashaylik. Yurtimiz, zamonamiz tinch bo’lsin. Yangi saylangan hukumatimiz faqat tinchlik olib kelsin”.

“Tinchlik bo’lsin deyman. O’qishga topshirib ko’rmoqchiman, o’tib qolsam yaxshi bo’lardi”.

“O’zbek-qirg’iz bir xalq bo’lib, tinchlikda yashashini tilayman. Yomon narsalar eski yilda qolib ketsin”.

“2011 yildan orzu-umidlarimiz katta. Sababi - 2010 yilda ko’p tashvish, qiyinchiliklarni, elimiz boshiga tushgan musibatlarni ko’rdik. 2011 yil tinchlik, xotirjamlik, yurtimiz uchun farovonlik yili bo’lsin. Tashvishlarni xayolimizga ham keltirmaydigan, xursandchilik kunlariga mo’l yil bo’lishi orzu qilamiz”.

“Mahallimizda 30 foizi ayollar, hamma davleniye, saxar bo’ldi. 2011 yil tinchlik olib kelsin hammamizga. Bunaqa voqealar takrorlanmasin. O’g’lim, kelinim, jiyanim, nevara va qizlarim Rossiyaga ketgan.Yurtimiz tinch bo’lsa u yoqlarga bormasdi. Ular qaytib kelishsa deyman”.

“Maktablarda hamma narsani bekor qilib yuborishdi, tadbirlar bo’lmayapti. Tinchib qolsa dizaynerlik kollejiga topshirmoqchiman. Shunga qiziqaman. O’qib, yuritimizda ko’proq ish joylari bo’lsa o’zimizni sohada ishlasak deyman”.

XS
SM
MD
LG