Breaking News

Namoyishlar ketidan, saylovda berilgan ovozlar qayta sanalishi mumkin


Namoyishlar ketidan, saylovda berilgan ovozlar qayta sanalishi mumkin
Namoyishlar ketidan, saylovda berilgan ovozlar qayta sanalishi mumkin

Qirg’izistonda o’tkazilgan saylov yakunida parlamentdan o’rin olgan besh yirik partiya ovozlar qayta sanalishiga rozi.

Parlamentga kira olmagan “Butun Qirg’iziston” partiyasi saylov yakunlariga e’tiroz bildirib, shu talab bilan chiqqan.

Markaziy Saylov komissiyasi besh foizli dovonni oshib o’tgan partiyalar rahbarlari kelishgan taqdirdagina ovozlar qayta sanalishi mumkin ekanini bildirgan edi.

So’nggi hisoblarga ko’ra, saylovda birinchi o’rinda g’alaba qilgan “Ota Yurt” va “Or Nomus” partiyalari qatorida, “Sotsial Demokratlar”, “Ota Makon” hamda “Respublika”ning parlamentda vakillari bo’ladi.

10 oktyabr saylovlari nisbatan sokin o’tgan, ammo “Butun Qirg’iziston” partiyasi tarafdorlari mamlakat janubida namoyishlarni davom ettirmoqda. Tafsilotlarni audio lavhadan tinglang.

XS
SM
MD
LG