Breaking News

Arslonbob – ko’hna vodiy durdonasi

Qirg’izistonning mashhur oromgohlaridan biri bo'lmish Arslonbob, noyob yongoqzorlar, Farg’ona vodiysining shimoliy-g’arbiy qismida joylashgan. Musaffo havo, bahaybat sharsharalar, tiniq ko’llar, mazali dorivor mevalar va o’simliklar… Rivoyatlarga ko'ra, jangu-jadallardan holda toygan Iskandar Zulqarnayning qo’shinlari Arslonbob o’rmonlarida to’xtagan. Dorivor yemak va o’simliklar askarlarga qayta hayot bag’ishlagan, deyishadi. Mahalliy aholi o’rmon mahsulotlari tayyorlash hamda sayyohlarga xizmat qilish bilan turmush tebratadi. Shifobaxsh o’simliklar terishadi, yog’ochdan turli asbob va oyinchoqlar yashadi. Arslanbobda bir necha pansionat mavjud. So’nggi yillarda xonadonlarda sayyoh kutish va kuzatish usuli keng tarqalgan. Ushbu amaliyotni rivojlantirishda xorijiy tashkilotlar ko’mak ko’rsatmoqda. Sobiq Ittifoq davrida bu joylarda qo’shni o’zbekistonliklar, xususan Andijon va namanganliklar ko’p dam olgan. Hozirda chegara qiyinchiliklari bois hordiq chiqaruvchilar oqimi bir muncha kamaygan. Olis xorijdan mehmonlar tez-tez kelib turadi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG