Nil Melvin (Neil Melvin) – Stokgolmdagi Xalqaro tinchlik tadqiqot institutida bosh mutaxassis. Etnik mojarolar va ularning oldini olish sohasida uzoq yillardan beri izlanib keladi.
Melvin 2001-2005 yillarda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Ozchilikdagi elatlar bo’yicha maxsus elchisi bo’lgan. Oxirgi yillarda uning asosiy e’tibori Qirg’izistonda - 2010-yilda etnik xunrezliklar sodir etilgan jamiyatda.
Mutaxassis Jorj Vashington universitetida kechgan davra suhbatida o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
Birinchidan, deydi Nil Melvin, bir haqiqatni tan olish kerak: O’sh va Jalol-Obodda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan yakdillikka erishish mumkin emas. Ko’pchilik o’zbeklar va qirg’izlar ham bu borada bir fikrga keladi deya umid qila olmaymiz.
Ikkinchidan, deya xulosa qiladi olim, mojaroga etnik konflikt deya baho berish – xato. Uning ortida elatlararo nafrat emas, aynan siyosiy-iqtisodiy sabablar yotibdi. Bu etnik konflikt deyish bilan Qirg’iziston jamiyatidagi illatlardan qutula olmaysiz.
Melvin nazarida gap siyosiy parokandalik, keng jinoyatchilik va iqtisodiy-ijtimoiy adolatsizlik hamda chuqur ildiz otgan korrupsiya-yulg’ichlikda. Mana shu omillar birgalikda, deydi ekspert, minglab insonlarning hayotiga zomin bo’ldi.
To’g’ri, deydi Nil Melvin, yonma-yon yashayotgan elat vakillari orasida gumonsirash, baxillik va kamsitish singari illatlar bo’ladi. Ammo siyosiy turtki bo’lmasa, ular qurolli, qonli mojaroga aylanishi qiyin, deydi olim.
Nil Melvin o’z tahlilini 1990-yilda O’shda yuz bergan fojia ketidan, Asqar Akayev davrida olg’a surilgan tashabbuslardan boshlaydi. Qirg’iziston shu zaminda yashaydigan har bir insonning vatani degan g’oya targ’ib qilingan o’shanda. Akayev janubdagi yuzlab ming o’zbeklarga o’z tarafdori sifatida qaragan.
Yangi qirg’iz yurti quramiz deya bong urishganida, prezident yurtdoshlarini millatchilikka berilmaslikka, o’zbek, rus, ukrain, tojik va ozchilikdagi boshqa elatlarni hurmat qilishga chorlagan, deydi ekspert. Ammo Akayev siyosatida izchillik yo’q edi, u jamiyatni tolerantlik va adolat sari yetaklay olmadi. 2005-yilda hokimiyatdan ag’darildi.
Uning o’rnini egallagan Kurmanbek Bakiyev o’zini birinchi demokratik lider deb atadi, biroq uning boshchiligida siyosiy parokandalik, iqtisodiy qalloblik avj oldi. Uning siyosati etnik hamjihatlik va fuqaro manfaatini ko’zlamadi. Vaziyat shu qadar izdan chiqdiki, Qirg’izistonning istagan nuqtasida qonli mojarolar vujudga kelishi mumkin edi, deydi ekspert.
2010-yilning aprelida prezidentlikdan ag’darilgach, Bakiyev janubga, ona yurti Jalol-Obodga qochdi. U yerdan turib, hokimiyatga qaytishga urina boshladi.
Bakiyev ketganidan, ya'ni 15-apreldan to mojaro qonli tus olguniga qadar, ya'ni 11-iyungacha yuz bergan kundalik o’zgarishlarni tahlil qilsak, qirg’iz-o’zbekni bir-biriga qarshi qayrovchi yuzlab holatlarni ko’ramiz, deydi Nil Melvin.
Bakiyevning uyini yoqqanlar o’zbeklar deb ovoza qilingani bunga bir misol, deydi u. Bishkekda vujudga kelgan muvaqqat hukumat o’zbek lideri Qodirjon Botirov bilan bog’lanib, uni hamkorlikka undagani; Botirov o’zbeklar o’z haqqini talab qilishi uchun fursat yetdi deya bayonot qilgani; O’sh va Jalol-Obodda serdaromad sohalar o’zbeklar qo’lida, ularni tortib olib, adolat o’rnatish payti keldi deya targ’ibotlar olib borilgani…
Mish-mish va ig’volar avj olaverdi, Bishkekdagi zaif yangi boshqaruv esa mojaroning oldini olish uchun hech narsa qilmadi, deydi Nil Melvin, chunki muvaqqat hukumat ham millatchi kuchlardan xoli emas edi.
Almazbek Atambayev rahbariyati deyarli uch yil oldin sodir etilgan jinoyatlar ortida turgan odamlarni jazolab, adolatni ta’minlashi shart. Lekin buning uchun iroda yetarlimi?
Nil Melvin fikricha, hozircha na prezident, na uning qo’lidagi odamlar va na parlamentda o’tirgan xalq vakillari siyosiy xohish borligini isbotladi. Ular 2010-yilgi voqealar Bakiyev klanining qilmishi deb butun aybni mana shu mavhum kuchlarga ag’daradi.
Vaholanki, deydi olim, xunrezliklarni amalga oshirgan, qo’li qonga botgan insonlar erkin yuribdi. Shu kungacha qamoqqa olinganlar va sudlanganlarning aksariyati o’zbeklar.
Bu radikal guruhlarning ishi edi yoki uni Rossiya uyushtirgan degan taxminlar asossiz, deydi olim, ularning haqiqat ekanini isbotlovchi dalillar yo’q.
Qirg’izistonning fojiasi shundaki, deydi Nil Melvin, millatchilik bugun eng faol siyosiy kuchga aylangan. Vaholanki, yaqin tarixdagi eng qonli voqealar ketidan jamiyat hamjihatlik, tolerantlik sari qadam tashlashi kerak.
Xalqaro hamjamiyat tinchlik-barqarorlik deya millionlab dollar ajratib, turli dasturlarni ishga solmoqda. Lekin jamiyat mentalitetini o’zgartirish uchun buning o’zi yetmaydi.
Qirg’izistonga mana shu zaminda yashayotgan har bir fuqaro manfaati uchun birdek kurashuvchi liderlar kerak. Ayniqsa, qirg’izlar va o’zbeklar orasidan shunday fidoiy insonlar chiqmasa, jamiyatning holi voy, deydi ekspert, ularsiz Qirg’iziston turli elatlar tinchlikda yashaydigan barqaror o’lka bo’lolmaydi.