Breaking News

Qirg'iziston ziyolilari: Xavfsizlik qachon bo'ladi, xalq hayotidan rozi bo'lsa


O'sh, Qirg'iziston
O'sh, Qirg'iziston

Iroq va Suriyada katta hududlarni egallagan "Islomiy davlat" jangari guruhi Markaziy Osiyoda, xususan, Farg’ona vodiysida ham faollashgani haqida xabarlar bor.

Qirg'iziston ziyolilari: Xavfsizlik qachon bo'ladi, xalq hayotdan rozi bo'lsa/Muhiddin Zarif lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:13 0:00

Xalqaro bo'hronlarni o'rganuvchi "International Crisis Group" tashkilotining so'nggi hisobotiga ko'ra, mintaqada yoshlar bu to'dalarning va'dalariga uchib Yaqin Sharqqa borib urushga qo'shilayapti.

Kuzatuvchilar esa buning oldini olish uchun Markaziy Osiyo davlatlari so'z va e'tiqod erkinligiga hurmat ko'rsatsin, shunday oqimlarga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlasin, ijtimoiy ahvolni yaxshilasin, radikal nazariyalarga qarshi tadbirlarni oshirsin, deydi.

"Amerika Ovozi" Qirg'izistondagi ziyolilar, Jalol-Oboddagi "Islom markazi" nodavlat tashkilotidan Dilmurod O'rozov, Bishkekdan dinshunos Qodir Malikov bilan ana shu haqda gaplashdi.

Yoshlar va terrorizm - Islamic State/Western Youth
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

XS
SM
MD
LG