Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Inson huquqlari qachon oldingi o'ringa chiqadi?


AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol va Toshkentda elchilikni yakunlayotgan Jorj Krol inson huquqlari va demokratiya targ'iboti chetda qolmagan deb keladi. Biroq amalda natijasini ko'rinmayapti, deydi huquq himoyachilari.
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol va Toshkentda elchilikni yakunlayotgan Jorj Krol inson huquqlari va demokratiya targ'iboti chetda qolmagan deb keladi. Biroq amalda natijasini ko'rinmayapti, deydi huquq himoyachilari.

Huquq himoyachilari nazarida O'zbekiston va Amerika orasidagi muzokaralarda inson huquqlari yuzasidan muloqot tor va yuzaki tarzda bo'lib, konkret natija kutilmaydi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol rahbarligidagi delegatsiya Toshkentda O'zbekiston bilan yillik maslahat kengashi o'tkazdi. 2-dekabr kuni Bisvol xonim Oqsaroyda respublika rahbari Islom Karimov huzurida bo'lgan. Rasmiy manbalarga ko'ra, diplomat prezidentga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan va Obama ma'muriyati O'zbekiston bilan serqirra hamkorlik tarafdori ekanini eslatgan. Afg'onistondagi vaziyat, mintaqaviy birdamlik, sarmoya va savdo xususida fikr almashilgan. Biror yangi hujjatlar imzolangani haqida ma'lumot yo'q. Muzokaralar ijobiy ruhda tugadi, deydi rasmiylar.

AQSh-O'zbekiston yillik maslahatlashuvi, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:21 0:00

O'zbekistonga o'tgan bir yil ichida Amerikadan kamida 60 delegatsiya kelib ketganini va bu safargi guruhda o'nlab agentliklar vakillarining borligini aytgan Nisha Bisvol Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muloqotda bo'lgan. Bosh vazirning birinchi o'rinbosari va Moliya vaziri Rustam Azimov bilan ham uchrashgan. AQShlik mehmonlar Oliy Majlis a'zolari bilan ham ko'rishgan.

Maslahat kengashi bir necha qismli muzokara bo'lib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik, shuningdek, inson huquqlariga oid masalalar muhokama qilinadi. Bu safar ham shunday bo'lgan. Maslahat kengashiga Obama ma'muriyati taklifi bilan 2009-yilda asos solingan.

Amerika rasmiylari nafaqat O'zbekiston hukumati balki xalqi, xususan, yoshlari bilan ham muloqot qilishni istashini qayd etib keladi. Bisvol xonim Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti talabalari oldida so'zlab, ularning savollariga javob bergan.

Bisvol xonim deydiki, O'zbekistonning asosiy borligi uning iqtidorli fuqarolari. Markaziy Osiyodagi eng yirik jamiyat sifatida mintaqa rivojida yetakchi rol o'ynashga qodir, deydi u.

AQSh yetakchi diplomati va boshqa rasmiylar mahalliy huquq faollari, jumladan "Ezgulik" jamiyati rahbari Vasila Inoyatovani tinglagan. "Ezgulik" respublikadagi yagona mustaqil huquq tashkiloti. Inoyatova Amerikadan siyosiy mahbuslarning ozod etilishi uchun qattiqroq ishlashni so'ragan.

Ayrim faollar nazarida O'zbekiston va Amerika orasidagi muzokaralarda inson huquqlari tor va yuzaki muhokama qilinadi.

“Muloqotlar ko'proq umumiy gaplarga aylanib borayapti",- deydi O'zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov.

"Dialog ekan, mustaqil siyosatshunoslar ham, huquq himoyachilari ham, muxolif partiyalarning vakillari ham unda qatnashsin. AQSh siyosatchilari bilan bu haqda fikr almashib, vaziyat haqida aytsin. Dialog ana shu siyosiy maydonda bo'lishi kerak. Bular hammasi ochiqcha, oshkora o'tsin. Nima qilish kerak, qanday qilish kerak...”

2015-yildan boshlab AQShning Afg'onistondagi harbiy roli cheklanadi. Shuningdek, O'zbekistonda AQShning yangi elchisi Pamela Spratlen ish boshlaydi.

Hozirgacha Afg'oniston bo'yicha hamkorlik rishtalardagi asosiy omil bo'lib kelgan. 2014-yildan boshglab, Amerika uchun O'zbekiston bilan aloqalarda nima ustuvor masala bo'ladi, hozircha mavhum.

Diplomatlar, xususan Toshkentda elchilikni yakunlayotgan Jorj Krol "Amerika Ovozi" bilan suhbatlarda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy Osiyoda iqtisodiy birdamlikka erishish, shuningdek, demokratiya va huquq targ'iboti Vashington uchun nihoyatda muhim deb keladi.

Oq uyda prezident Barak Obamaning mintaqa bo'yicha maslahatchisi Selest Vollander, "Amerika Ovozi" ga bergan intervyusida, huquqqa e'tiborni oshirish kerak, o'tgan yillar ichida Afg'oniston markaziy o'rinda, huquq esa pastroqqa tushib qolgani haqiqat degan tan olgan edi.

O'zbekiston esa Afg'onistondagi beqarorlikdan xavotirda ekanini eslatib turibdi. 28-noyabr kuni Termizda gapirgan Islom Karimov asosiy xavf Afg'onistondan kelmoqda deya qayd etdi.

Mo'tabar Tojiboyeva singari huquq faollari esa tahdid respublikada davom etayotgan repressiyada deydi. Uning fikricha, Amerika va boshqa demokratik davlatlar O'zbekiston bilan huquq haqida gaplashayotgan bo'lsa va e'tiborni qamoqdagi siyosiy mahbuslarga qaratayotgan bo'lsa, bu muloqotlarda xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashishi kerak, deydi Tojiboyeva.

"Human Rights Watch" (HRW) huquq tashkiloti AQShni O'zbekiston hukumatiga nisbatan jazo choralari ko'rishga tayyor turishga chaqirmoqda.

HRW AQSh-O'zbekiston maslahat kengashi o'tishi oldidan tarqatgan bayonotida respublikadagi vaziyatni faqatgina keskin talablar qo'llash bilangina yaxshilash mumkin deya ogohlantiradi.

Amerikaning yetakchi gazetasi "Vashington Post" nashr etgan siyosiy sharh Obama ma'muriyatini o'tgan yillar mobaynida O'zbekistondagi repressiyaga yuzaki qarab, zulm va huquqbuzarlik hollariga ko'z yumib kelganlikda ayblaydi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol, 1-dekabr, 2014
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol, 1-dekabr, 2014

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-2 dekabr, 2014
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-2 dekabr, 2014

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol va Toshkentdagi elchi Jorj Krol, 1-dekabr, 2014
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol va Toshkentdagi elchi Jorj Krol, 1-dekabr, 2014

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, 1-dekabr, 2014, Toshkent
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, 1-dekabr, 2014, Toshkent
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol, 1-dekabr, 2014
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol, 1-dekabr, 2014

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG