"Ferghana News" ning advokatlari Qirg'izistonda saytga qo'yilgan cheklov fuqaroning uzviy huquqlarini poymol qilmoqda deya sudga murojaat qilgan va to'siqni olib tashlashni so'ragan.
Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi sudni ushbu ishni sayt foydasiga hal qilib, mamlakatda ishlashiga ruxsat berishga chaqirmoqda.
Ayrim xabarlarga ko'ra, hozirda blokirovka olib tashlangan va saytga bemalol kirish mumkin. Lekin Qirg'iziston hukumati buni rasman tasdiqlagani yo'q.
Moskvada asoslangan "Ferghana News" advokati Nurbek Toktakunov o'tgan juma Bishkek shahar sudiga apellyatsiya yo'llagan.
"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti ham "Ferghana News"ga qo’yilgan cheklovni olib tashlashga undamoqda.
Saytga bir yildan oshibdiki mamlakatda kirib bo’lmaydi. "Ferghana News" tahririyati buni noqonuniy deya avval ham sudga murojaat qilgan, biroq mahkama 27-mart kuni e'lon qilgan hukmida "apellyatsiya uchun ajratilgan uch oy muhlat o'tib ketgani"ni aytib da’voni qondirmagan.
Toktakunovning javobi shuki, hukumat fuqaroning uzviy huquqlari oyog'osti qilinayotganini "da'vo eskirdi" degan izoh bilan chetga sura olmaydi. So'z va axborot erkinligi Qirg'iziston konstitutsiyasiga kafolatlangan.
"Chegara bilmas muxbirlar" nazarida ham "Ferghana News" saytining to’silishi axborot erkinligi, qonun ustuvorligiga zid va har qanday blokirovka bekor qilinishi, bu hol qayta takrorlanishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.
Qirg’iziston parlamenti sayt 2010-yil janubda ro’y bergan elatlararo ziddiyatni noxolis, provokatsion tarzda yoritgan, deya 2012-yilning fevralida uni to’sishni buyurgan edi.
"Ferghana News"ni blokirovka qilish bosh qomusga xilofdir, deydi Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha dasturi rasmiysi Muzaffar Suleymanov.
Bu orada, Qirg’izistonda o’zbek tilida chiqadigan nashr “O’sh Sadosi” bosh muharriri uy qamog’ida.
Mahamadsoli Ismoilov 2010-yilning yozida qirg’izlar va o’zbeklar o’rtasidagi to’qnashuvlarga aloqadorlik gumoni bilan 31-mart kuni ushlangan, deydi Ichki ishlar vazirligi rasmiylari.
Militsiya taxminicha, Ismoilov o’shanda odam o’g’irlashda qatnashgan bo’lishi mumkin.