Sovet Ittifoqi parchalanganidan so’ng yangi mustaqil davlatlarda olg’a surilgan milliy mafkura va siyosat hamda turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar tufayli millatchilik kayfiyati avj oldi.
Ozchilikdagi elatlarga nisbatan bosim kuchaydi.
Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari singari, turli millat va e’tiqod vakillari yashagan Qirg’izistonda hozir etnik nizolar qayta takrorlanmasligi uchun jamoalar-aro yarash dasturlari yo’lga qo’yilgan.
“Amerika Ovozi” Qirg’izistondagi kurd jamiyati vakillari bilan uchrashib, ular bilan suhbatda bo’ladi. Marhamat tinglang: