Breaking News

O'sh ziyolilari: Elatlararo nifoqlarga aslo yo'l qo'ymasligimiz kerak


Qariyb besh yil muqaddam, 2010-yilning 10-14 iyun kunlari, Qirg’iziston janubida yuz bergan elatlararo to’qnashuvlar oqibatida yuzlab fuqarolar nobud bo’lgan, jarohatlangan. Minglab uy-joy va madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish shohobchalari vayron etilgan edi.

O'sh ziyolilari: Elatlararo nifoqlarga aslo yo'l qo'ymasligimiz kerak - Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:02 0:00

O’tgan yillar nafaqat qayta qurish, balki ancha taranglashgan munosabatlarni tiklash davri bo’ldi. Bugun O’sh va Jalol-Obod diyorida nisbatan osoyishtalik, xotirjamlik ko’zga tashlanadi va bu qadriyatlar bebaho boylik hisoblanadi.

Iztirobli kunlarni boshdan kechirgan O’sh shahri hozirda tinchlik, osoyishtalik nashidasini surmoqda.

“Odamlar avvalgiday bexavotir, xotirjam kundalik ishlari bilan mashg’ul. Aytish joizki, 2010-yilgi voqealar oqibatlarini bartaraf etib, barqarorlik, millatlararo totuvlik va ahillikni tiklash uchun davlat tizimlari, hukumat o’tgan davr mobaynida ko’p ishlarni amalga oshirdi. Millatlararo munosabatlarni taraqqiy ettirish yuzasidan maxsus Konsepsiya qabul qilindi. Amaliy tadbirlar ishlab chiqildi. Mahalliy o’z-o’zini boshqaruv hamda millatlararo munosabatlar masalalari boyicha Davlat agentligi tashkil etildi. Joylarda tashkiliy va ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - deydi O’sh shahar meriyasi qoshidagi millatlararo munosabatlar masalalari bo’yicha jamoatchilik qabulxonasi boshlig’i Bo’riboy Jo’rayev.

Yuqorida zikr etilgan Davlat agentligi tashabbusi bilan bunday qabulxonalar Qirg’izistonning qator shahar va tumanlarining ma’muriyatlari qoshida tashkil etilgan. Ushbu tizim odamlarning o’y-fikrlari, shikoyatlari, taklif-tavsiyalarini o’rganadi va qo’yilgan masalalarni echishda ko’mak ko’rsatadi.

Bo’riboy Jo’rayev aytishicha, hozirda shaharliklar asosan maishiy, shahsiy hayotiy masalalar bilan murojaat qilmoqda. Millatchilik hollari boirasida arzlar keskin kamaygan.

“Vaqt o’tishi bilan yaralar bita boshlabi, boshpanasiz qolganlar yangi uylarga ko’chib kirdi, jabrlanganlar kompensasya to’lovlarini oldi. Hamma narsa joy-joyiga tushganday. Ammo odamlarni bezovta qilib turadigan ko’rinishlar yo’q emas. Aytaylik, kimlardir tomonidan bot-bot tarqatilib turiladigan har xil mish-mishlar, ayrim ommaviy ahborot vositalaridagi millatchilik ruhidagi chiqishlar. Men matbuot hodimlarini ehtiyotkorlikka chorlar edim, toki nosog’lom fikrlarga o’rin bermasinlar”, - deydi Bo’riboy Jo’rayev.

Mutaxassislar nazarida, asosiy masala - Qirg’izistonda elatlararo nizo endi hech qachon chiqmasligini ta’minlash.

Suhbatdoshlar yangi avlodni tarbiyalash ishlariga alohida diqqat-e’tobir hamda qunt qaratish lozimligini ta’kidlaydi.

“2010-yilgi voqealar g’alamislar, siyosiy safsatabozlarning oyog’i ostidan chiqqan bir fitna, oddiy halqning bunda gunohi yo’q. Bizning aybimiz - savodsizligimiz”, - deydi taniqli qirg’z olimi, O’sh davlat universiteti professori Arap Anarbayev.

Professor ikki qardosh xalqning umum tarixi, madaniyati, azaliy do’stlik rishtalari borasida chuqur bilimga ega. Ta’lim-tarbiya ishlarida aynan ushbu qadriyatlarga tayanish kerak, deydi u.

“Sovetlar davrida baynalminal tarbiya, xalqlar do’stligini tarannum etuvchi chora-tadbirlar keng tarqalgan bo’lib, yaxshi samara berar edi. Bunday an’analarni tiklash va davom ettirish muhim”, - deydi professor.

Olim deydiki, ayrim siyosatchilar millatlar va millatlararo munosabatlar masalasidan o’z shahsiy manfaatlari yo’lida foydalanishga urinishlari ehtimol, va buni yodda tutish lozim.

“Chegara, oqin suv masalalariga kim o’zicha, odamlarning g’ashiga tegadigan qilib, urg’u berayapti - aynan siyosatchilar”, - deydi professor Anarbayev.

Qirg’iziston xalqi Assambleyasining O’sh viloyat bo’limi boshlig’i o’rinbosari Po’lat Sobirov vatandoshlarni tinchlik, osoyishtalikning qadrigay etishga chaqiradi.

“Qirg’iziston bizning, hammamizning vatanimiz, degan hisni, o’zaro hurmat, izzat hislarini rivoj ettirishimiz, vatan ravnaqi yo’lida baholi-qudrat hizmat qilishimiz lozim”, - deydi u.

Suhbatdosh fikricha, davlat tili bo’lmish qirg’iz tilini mukammal o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi avlod nafaqat davlat tili, ona til, balki ingliz va rus tillari kabi jahon tillarini yaxshi bilishi joiz. Til bilish yoshlar uchun keng ufqlar ochadi, deydi mahalliy ziyolilar.

XS
SM
MD
LG