Breaking News

Qari bor joyda pari bor, Qirg'izistondan fotoreportaj


Momolar nabiralariga ajdodlardan qolgan udum va san’at sirlarini o’rgatadi
Momolar nabiralariga ajdodlardan qolgan udum va san’at sirlarini o’rgatadi
Qirg’izistonda nafaqaxo’rlar soni oshib bormoqda. Ishlayotganlarining nafaqasini ozaytirish hisobiga mamlakat xazinasini to’ldirish g’oyasi olg’a surilgan. Bu harakat jamiyat noroziligiga uchramoqda.

Mamlakatda keksalarning hayoti bugun qanday?

Qariyalarning o’zlari bu yoshda qandaydir ish bilan mashg’ul bo’lish zarurligini aytadi. Bu salomatlikka ham, oila byudjetiga ham foyda, deyishadi ular.

Kimdir bozorga chiqadi, kimdir dalaga. Kimdir uyda baholi qudrat biror yumush bilan band. Momolar nabiralariga ajdodlardan qolgan udum va san’at sirlarini o’rgatadi.

Qariyalar har so’zida “Alloh”, deydi, ma’naviyatdan gapiradi.

Olis tog’li qishloqlarda keksalar chorva bilan shug’ullanadi. Yozda, yaylovda turmush sharoiti o’ziga xos qiyinchiliklarga ega.

Qariyalarimiz bor bo’lsin. Qari bor joyda pari bor, deydi xalqimiz.

XS
SM
MD
LG