So'nggi xabarlarga ko'ra, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 14 odamning umriga zomin bo'lgan portlash yuz berishidan ikki kun o'tib, markaziy osiyolik bir necha kishi hibsga olingan. Ularning xurujni amalga oshirganlikda ayblanayotgan Rossiya fuqarosi, asli kelib chiqishi Qirg'izistondan bo'lgan Akbarjon Jalilovga aloqasi bor-yo'qligi tekshirilmoqda.
Rossiya matbuotining yozishicha, Sankt-Peterburgdagi kvartirada yashagan markaziy osiyoliklar kvartirasidan portlovchi moddalar topilgan.
Ayni paytda Akbarjon Jalilovning ota-onasi tergov bo'yicha savol-javoblarda qatnashish uchun O'shdan Rossiyaga olib ketilgan.
O'shdagi jamoatchi hamkorimiz Muhiddin Zarif bilan bog'lanib, so'nggi yangiliklar haqida Qirg'iziston jamoatchiligi fikrini o'rgandik.