Breaking News

Qirg’iziston ziyolilari: Obama ikkinchi muddatida eng yaxshi ishlarini qiladi


AQSh prezident saylovlari Markaziy Osiyo, jumladan, Qirg’iziston ahlida katta qiziqish uyg’otgan. Fuqarolar Barak Obama prezidentligining ikkinchi muddatidan nimalar kutayapti? Ular nazarida jahon siyosatida qanday o’zgarishlar ro’y berishi mumkin?

Qirg'iziston ziyolilari: Obama ikkinchi muddatida eng yaxshi ishlarini qiladi/Ulug'bek Sokin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:00 0:00
Yuklab oling

Shoir, yozuvchi Usmon Temir:

"Ikkinchi muhlatga saylangan odam juda ko'p ish qiladi aslida. Prezidentlar ikkinchi muddatga saylanganida ba'zilari hovliqib ketadi. Ba'zilari, haqiqiy siyosatchilar, haqiqiy prezidentlar, el-yurt deydiganlar ikkinchi muddatga o'zlarining eng yaxshi ishlarini qiladi, menimcha. Amerika Bushlarning davrida ko'p noma'qul ishlar qildi, Iroqni pachoqlashdi, Afg'onistonni ham pachoqlashdi. Barak Obama kelganidan beri Afg'onistonda ahvol bir oz o'zgargan. Arab davlatlariga nisbatan siyosatida ham o'zgarish bo'lgan. Burun Amerika bir yerda to'polon bo'lsa, darrov yetib borib, darrov ularni qo'llab-quvvatlar edi. Unaqa emas hozir. Bugun bunday ko'rayapti, kuzatayapti - qaysi yo'lga ketadi, o'zlarining yo'li qanday... Ana shunga qarab baho berishayapti. Ikkinchi prezidentlik muddatida Barakboy yaxshi ishlar qiladi. Endi, uning ham niyatlari bor, orzulari bor. Ehtimol, bu safar o'shalarni qilar. Mana, Afg'onistondan 2014-yilda chiqib ketamiz, deyapti. Va'dasini bajaradi, menimcha, ungacha Afg'onistonda ahvol yaxshilanadi. AQSh iqtisodiyotida ancha pastlash bor. Shularni to'ldiradi".

Jurnalist Ahmadjon Muhammadjonov:

"Bundan to'rt yil ilgari Obama tasodifan AQSh prezidenti etib saylanib qolmagani mana yana bir bor tasdiqlandi. O'tgan to'rt yilda bo'lib o'tgan ishlar hammaga ayon. Amerika ichki, tashqi siyosatida, jumladan. Prezident ikkinchi muddatni ko'zlar ekan, birinchi muddati davomida buning uchun poydevor yaratishga harakat qiladi. AQShda ro'y bergan ijobiy o'zgarishlar Obamaning xizmatlari sifatida baholanishi kerak. Ayni paytda, juda ko'p silsilali voqealar yuz berdi. Aynan, Obama davrida shimoliy Afrikada inqilobiy to'lqinlar avj oldi. Bu to'lqinlar aslida inqilobmi yoki shunchaki ommaviy tartibsizlik? Hali bunga baho berish juda qiyin. O'ylaymanki, ikkinchi muddat davomida Obamaning xalqaro maydondagi faolligi bir oz susayishi mumkin. Chunki u kelgusi safar prezident bo'lishga harakat qilmaydi va buning uchun imkoniyat ham yo'q. O'ylashimcha, Amerika Qo'shma Shtatlarining tashqi siyosatida va ichki siyosatida bir oz loqaydlik yuz berishi mumkin. Qirg'iziston va Amerika o'rtasidagi munosabatlarga kelsak, bu kim prezident bo'lishiga emas, menimcha, xalqaro qo'shinlar Afg'onistondan ketishi kutilayotgan 2014-yilga ko'proq bog'liq. Chunki o'shanda "Manas" bazasining taqdiri u yoki bu tomonga hal bo'lishi kerak. Hozir Qirg'izistonning dunyodagi yetakchi davlatlar bilan olib borayotgan siyosati aynan 2014-yilga borib taqaladi, desak xato bo'lmaydi".

Abulqosimova Saltanat, buxgalter:

"Saylovlar aldovsiz, bir-birini poylamay, haqqoniy o'tdi, deb o'ylayman. Obamaning qayta saylangani yaxshi o'zgarishlarga yetaklaydi deb o'ylayman. Tashqi siyosatida qandaydir o'zgarishlar bo'lishi aniq. Muhimi, Obama el uchun xizmat qilishini aytdi-ku. Qani, bizda ham prezident saylovlari shunday o'tsa..."
XS
SM
MD
LG