Breaking News

Isroilning arab fuqarolari namoyishlar o’tkazdi


Isroilning Araba qishlog'ida arablar Yer kuni marshida ishtirok etmoqda, 30-mart, 2014-yil.
Isroilning Araba qishlog'ida arablar Yer kuni marshida ishtirok etmoqda, 30-mart, 2014-yil.
Isroilda istiqomat qiluvchi arablar har yili 30-mart kuni Isroil tomonidan arablarning yerlari tortib olinishiga qarshi norozilik namoyishi o’tkazadi. Ushbu tadbirda 1976-yil Galileyada arablarning yerlari tortib olinishiga qarshi tashkil etilgan ommaviy norozilik yodga olinadi. O’shanda olti nafar namoyishchi o’ldirilgan, yuzlab boshqa fuqarolar yaralangan edi.

Isroil fuqarolarining 20 foizini arablar tashkil etadi. Yer kunida ular yahudiy davlatining ozchilik arablarga qarshi olib boradigan ayirmachilik siyosatini keskin tanqid qilib chiqishadi.

Janubiy Isroildagi asosan arablar yashovchi Rahat shahri meri Talal al-Karnaviyning aytishicha, Yer kuni munosabati bilan shaharda maktablar, bizneslar hamda hukumat idoralari yopilgan. Aholi Isroil davlatining uylarni buzib tashlab, yerlarni tortib olayotganiga qarshi bosh ko’tardi, deydi u.

Isroil hukumati ruxsatsiz qurilgan badaviy qishloqlarini zarur xizmatlar bilan ta’minlashdan bosh tortadi. Bu esa davlatning arablarga ikkinchi darajali fuqaro sifatida qarovchi ayirmachilik siyosati natijasidir, deydi arab tahlilchisi Abu Nasir.

“Odamlar yerlari borgan sari kamayib borayotganini his qilmoqda. Ular o’z yurtida begonalardek qabul qilinayotganidan juda tushkun kayfiyatda”, - deydi u.

Isroil hukumati diskriminatsiyani yo’q qilish hamda arab fuqarolari talablarini bajarish bo’yicha samarali ishlar amalga oshirilganini aytadi. Rasmiylarga ko’ra, arablar sog’liqni saqlash tizimidan foydalanishda yahudiylar kabi teng huquqlarga ega va Parlamentda ularning o’z vakillari bor.

Shuningdek, yana ularning aytishicha, Isroildagi arablar Yaqin Sharqning Suriya, Misr va Iroq kabi boshqa o’lkalarida istiqomat qiluvchi millatdoshlariga qaraganda ancha yaxshi yashashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG