Hukumat chiqargan yangi xaritada ingliz tilida gaplashmaydigan aholi yashaydigan joylar ko’rsatilgan. Ko’rsatkichlar bugungi Amerikani aks ettiradi.
Ingliz tilidan tashqari bugun AQShda yana 15 til yirik qamrovga ega. Yangi madaniy xarita shuni namoyon etadi.
Aholishunoslik byurosi izchil izlanishlar olib bordi, butun mamlakatni kezib, muhojirlar bilan suhbatlashdi, deydi Kamilla Rayan, xarita ustida ishlagan olima.
Amerikada bugun 300 milliondan ortiq aholi bo’lsa, ularning 60 milliondan ziyodi asosan ispan, fransuz, kreol, italyan, portugal, nemis, rus, polyak, fors, xitoy, yapon, koreys, tagalog, arab va vyetnam tillarida gaplashadi.
O'zbek tili qanchalik keng qanot yozgani haqida aniq ma'lumotlar yo'q, ammo jamoa vakillari taxminicha o'zbek muhojirlar 300 mingga yetib qolgan.
Eng katta guruh – ispan tilida so’zlashuvchilar, lotin amerikalik muhojirlar va ularning oilalari.
Qisqacha latino deb tanilgan bu jamoa bugun AQShda oq tanlilardan keyingi ikkinchi eng yirik guruh. Ayrim shtatlar, masalan Texas, Kaliforniya va Florida, ispan tilini ikkinchi til sifatida ko’radi.
Yangi ma’lumotlar nafaqat siyosatchilar balki biznes olami uchun ham juda foydali.
“Deylik, kompaniyalar mahsulotni qayerda qanday sotishni shunga qarab belgilaydi. Reklama uchun buning ahamiyati katta. Ingliz tilida gaplashmaydigan jamoalarga ularning tillarida murojaat qilishga majbursiz. Favqulodda xizmat ko’rsatadiganlar ham aholi qaysi tillarda gaplashishini va ishni uddalash uchun bu tillarni bilish muhim ekanini tushunishi kerak”.
Ingliz tili Amerikaning davlat tili degan qonun yo’q. Lekin amerikaliklarning 80 foizi ingliz tilini ona tili deb biladi. Bu davlatga asos solganlar va uni yuritganlar ingliz tilida gaplashgani uchun Qo’shma Shtatlarda bu asosiy zabon bo’lib qolgan. Uni saqlab qolish uchun maxsus qonun qabul qilish kerak deb bong urayotganlar ko’p. Ular nazarida ingliz tili bu davlat va xalq tili deb rasman tan olinmasa, kelajakda ispan tili uning o’rnini egallab olishi mumkin. Hozircha bu borada siyosiy siljish yo’q.
Amerika rahbarlari madaniy xilma-xillik tarafdori; irqiy, etnik va diniy jihatdan boy jamiyat har tomonlama yuksak bo’ladi degan tamoyil hukmron.
Muhojirlar asos solgan va oyoqqa turg’azgan bu yurt o’zgarishlardan qo’rqmasligi kerak, deydi prezident Obama, mamlakatni olg’a yetaklaydigan o’zgarishlardan.
Muhojirlar o’z ona tillarini unutmagani, kelajak avlodlar ham ularda gaplasha olgani ular uchun katta yutuq, deydi taqdiqotchilar, ammo ingliz tilini bilmaslik Amerikada imkoniyatlar eshigini yopadi. Bu yerga yaxshiroq hayot izlab kelganlar ingliz tilini bilish asosiy talab ekanini unutsa, o’ziga qiyin bo’ladi.