Bruklindagi o'zbeklar/Uzbeks in Brooklyn, NYC
Nyu-York - dunyoning eng katta shaharlaridan biri. Sakkiz milliondan oshiq odam yashaydi. Uning Bruklin tumani 19-asr oxirlarigacha Amerikaning eng yirik shaharlaridan biri bo'lgan, chunki hajm jihatidan katta edi. Bugun ham ikki yarim milliondan oshiq aholiga ega. Atlantika okeani bo'yidagi bu azim hudud, ayniqsa uning Brayton Bich deya nomlangan sohil qismi Sovet davrida ham muhojirlar o'chog'i edi. AQShga kelgan o'zbekistonliklar uchun Bruklin birinchi bekat. Yaqinda u yerga safar qilib, “Amerika Manzaralari” ko’rsatuvini taqdim etgan Navbahor Imamovaning hikoya qilishicha, Bruklinda bugun kichik O'zbekiston vujudga kelgan.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Dekabr 21, 2024
Elektromobil sanoati Tramp ma'muriyatidan nimalarni kutmoqda?
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 20, 2024
Baydendan Trampga: Oq uydagi yangilanish qanday kechadi?
-
Dekabr 19, 2024
Xalqaro hayot - 18-dekabr, 2024 - Suriya, Erdog'an, Ilon Mask