25-fevral kuni Federal qidiruv byurosi fosh etgan terrorizm ishida uch o'zbek tilga olinadi. Ikkisi O'zbekistondan, biri esa Qozog'istondan. Uchovlon bir necha yildan beri Amerikada yashagan.
24 yoshli Abdurasul Jo'raboyev grin-karta, Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat sohibi. Qozog'istonlik Ahror Saidahmetov 19 yoshda va u ham grin-karta egasi. Floridada ushlangan 30 yoshli Abror Habibov esa viza muddati o'tib ketsa ham AQShda yurgan.
"Islomiy davlat" ga qo'shilish, shuningdek, Prezident Barak Obamani o'ldirish va portlashlarni rejalaganlikda gumon qilinib, hibsga olingan bu yigitlar Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yashagan. Bu yerda esa "Vatandosh" O'zbek-Amerika Federatsiyasi joylashgan. Tashkilot rahbari Farhod Sultonga telefon qilib, qator savollar berdik. Suhbatdoshimiz yuqorida nomi tilga olingan shaxslardan birini taniydi. Eng katta muammo, deydi Farhod Sulton, islom haqida ilmsizlik. Tinglang.