Breaking News

Nyu-Yorkda "Mustaqillik kubogi" futbol turniri o'tkazildi


Turnir ishtirokchilari - "Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi" jamoasi o'yinchilari
Turnir ishtirokchilari - "Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi" jamoasi o'yinchilari

AQShning Nyu-York shahrida O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan "Mustaqillik kubogi" futbol turniri tashkil etildi. AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati tomonidan o'zbek tadbirkorlari homiyligida tashkil etilgan sport musobaqasi 24-sentabr kuni Nyu-York shahrining Kayzer parkidagi o'yingohda o'tkazildi.

Turnirda jami sakkiz jamoa qatnashdi: Nyu-York shahridan to'rtta hamda Nyu-Jersi, Pensilvaniya, Merilend shtatlaridan va poytaxt Vashington shahridan bittadan jamoalar kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan o'yinlar natijasida Nyu-Yorkning "Paxtakor" jamoasi turnir g'olibiga aylanib, kubokni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Nyu-Yorkning yana bir jamoasi - "Dinamo"ga nasib qildi. Uchinchi o'rinni ham mezbonlarning "Istiqlol" jamoasi oldi.

Homiylar musobaqa davomida ishtirokchilarni palov, mastava kabi milliy taomlar bilan siylab turdi. Turnir nihoyasida barcha jamoalar uchun Bruklin shahrida joylashgan "Lazzat" restoranida ziyofat uyushtirildi.

Tadbirda Turkiston-Amerika jamiyati raisi Abdulla Xo‘ja va boshqa tashkilotchilar so‘zga chiqib, mazkur sport turniri AQShda istiqomat qilayotgan o'zbekistonliklar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirishda, shtatlararo o‘zbeklar orasida do‘stlik rishtalarini bog‘lashda muhim rol o'ynashini va bu kabi sport turnirlarini an’anaviy ravishda har yili o‘tkazib turish lozimligini ta'kidladi.

Turnirning eng yaxshi ishtirokchilari "Eng yaxshi o'yinchi", "Eng yaxshi darvozabon" va "Eng ko'p to'purar" nominatsiyalari bo'yicha ham homiylar tomonidan ta’sis etilgan maxsus sovg‘a va guvohnomalar bilan taqdirlandi.

Quyida musobaqa davomida olingan suratlar galereyasi bilan tanishing.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG