Qo'shma Shtatlarda bugun minglab o'zbekistonliklar yashaydi. Umumiy soni bo'yicha aniq ma'lumotlar mavjud emas. Lekin o'zini o'zbek deb biladigan odamlar 300 mingga yaqinlashib qolgan bo'lsa ajab emas, deydi yetakchi vatandoshlar. Eng katta jamoa Nyu-Yorkda.
Nyu-Yorkning Bruklin tumanida asoslangan Vatandosh O'zbek-Amerika Federatsiyasi har yoz Vashingtonga sayohat uyushtiradi. Qo'shma Shtatlarda yangi hayot boshlagan o'zbekistonliklar bu imkoniyatdan foydalanib, poytaxtga keladi. Kongress va Oq uy albatta ko'rilishi kerak. Suratlarga tushishadi. O'zbekiston elchixonasi ham ularga o'z eshigini ochadi. Vatandoshlarga dasturxon yoziladi.
Mehmonlar yana bir dargohda albatta to'xtab o'tadi - "Amerika Ovozi" da. Biz esa fursatdan foydalanib, vatandoshlarni savolga tutamiz. Xo'sh, Amerikada hayot qanday? Nimadan xursandsiz, nimadan tashvishdasiz? Yangi jamiyatda ildiz otish qanchalik qiyin? Yurtdoshlaringizga nima gapingiz bor? Tinglang, tomosha qiling.