Breaking News

AQSh Suriya va Eronni tanqid qilib, Livanni tinch qo'yishni so'ramoqda


Amerikaning BMTdagi elchisi Syuzan Rays “Hizbulloh region tinchiga raxna solmoqda” deydi. Uning aytishicha, Suriya va Eron Livan ishlariga suqulib, qo’shni davlatni nog’orasiga o’ynatmoqda.
Amerikaning BMTdagi elchisi Syuzan Rays “Hizbulloh region tinchiga raxna solmoqda” deydi. Uning aytishicha, Suriya va Eron Livan ishlariga suqulib, qo’shni davlatni nog’orasiga o’ynatmoqda.

Qo’shma Shtatlar Suriya va Eronni tanqid qilib, o’zga davlat, Livan ichki ishlariga aralashmang, demoqda.

Qo’shnilar Livandagi jangari guruhlar, jumladan Hizbullohni qurol bilan ta’minlab, hududiy daxlsizligiga tahdid solmoqda, deydi AQShning BMTdagi vakili Syuzan Rays.

So’nggi kunlarda AQSh va Suriya bir-birini Yaqin Sharqdagi siyosati borasida ayblab, gap talashmoqda.

Suriya prezidenti Bashar al-Assad matbuotga bergan intervyusida “AQSh qayerga bormasin, bir baloni boshlaydi” degan. Prezident Somali va Afg’onistonni hamda 1980-yillarda Livanga hujumni misol qilib keltiradi.

Vashington ham Suriyaga tanqid toshlarini yog’dirmoqda. Damashq Livanda Hizbulloh jangari guruhini qurol bilan ta’minlagan, livanlik siyosatchi arboblarni qamashga ko’rsatma bermoqda, deydi AQSh rasmiylari.

Amerikaning BMTdagi elchisi Syuzan Rays “Hizbulloh region tinchiga raxna solmoqda” deydi. Uning aytishicha, Suriya va Eron Livan ishlariga suqulib, qo’shni davlatni nog’orasiga o’ynatmoqda.

“Ayniqsa, Suriya Livanning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, birdamligi va mustaqilligiga zarracha hurmat bildirayotgani yo’q. BMT hujjatlarini pisand qilmayapti”, - deydi AQSh rasmiysi.

BMT ning 2004-yilda qabul qilingan 1559-sonli rezolyutsiyasiga ko’ra, barcha ajnabiy kuchlar Livanni tark etishi kerak. U paytlarda hududda asosan Suriya askarlari xizmat qilayotgan edi.

Xalqaro tashkilot mustaqil davlat – Livan haq-huquqi, suverenitetini aniq-tiniq belgilab bergan. Hujjat o’lkadagi barcha jangari guruhlarni qurollarni tashlashga da’vat etadi.

Suriya hukumati Rays da’volarini rad etib, quruq vahima demoqda.

Vaholanki, BMT kuzatuvchilari Livanda mahalliy va ajnabiy jangari guruhlar hamon faol, hukumatga mutlaqo bo’ysunmaydi, deya xulosa qilgan. Hizbulloh eng xatarli, tish-tirmog’igacha qurollangan guruh ekani aytiladi.

Bu tuzilma Livan qurolli kuchlaridan bir necha bor ustun, deydi mutaxassislar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG