Breaking News

Kutubxonalar - boylik, hammaniki


Kongress kutubxonasi, Vashington
Kongress kutubxonasi, Vashington

Kongress kutubxonasi yaqin kelajakda o’zini butun dunyoga ochmoqchi. Bu degani siz qay davlatda bo’lmang, internet orqali butun arxiv bilan bemalol tanishingiz mumkin.

Baltimor shahrida qora tanlilar va politsiya to’qnashayotgan paytda Karla Heyden kutubxonasini ataylab yopmagan.

“Odamlar kutubxonaga tegmadi. Chunki bilishadiki, biz – ilm manbaimiz. Jamoatchilik xizmatidamiz. Uni ardoqlashadi. Uni himoya qilishadi. Biz odamlar uchun umid o’chog’imiz. Xalq manfaati uchun ishlaymiz”.

Bir yil o’tib, Karla Heydenni Prezident Barak Obama Kongress kutubxonasini boshqarishga taklif qildi - birinchi qora tanli va birinchi ayol direktori sifatida.

200 yil oldin ochilganida bu dargoh Kongress uchun mo’ljallangan. Lekin yillar davomida u Amerikaning asosiy arxiviga aylandi. 160 milliondan ortiq material jamlangan. Ilm-fan, madaniyat, tarix, siyosat, jamiyat – nimaga qiziqsangiz, manbalar yetarli.

“Bosma holda topasiz, qolaversa, elektron shaklda. Foto nusxasini chiqarib olishingiz mumkin”.

Ko’rishingiz mumkin, lekin materiallarni sizga berishmaydi; vaqtincha ololmaymiz. Biroq kutubxona direktori imkoniyatlarni kengaytirmoqchi.

Kongress kutubxonasidamiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

“Kolleksiyalarimiz boy va odamlar ulardan bemamol bahramand bo’lishi kerak. Ularni yuklab olsin. Ularni internetda tomosha qilib, ular bilan bog’liq ko’rgazma va tadbirlarda internet orqali qatnasha olsin. Har bir nusxani bir necha qirrada tomosha qila olishsin”, - deydi direktor.

Baltimorga tayinlanishdan oldin Karla Heyden Chikago jamoat kutubxonasini boshqargan. Hamma yerda bunday dargohlarga talab katta, deydi u.

“Birinchidan, kutubxona odamlarga xizmat qilishi kerak. Ikkinchidan esa kutubxona bu odamlar, ularning turmushi haqida yaxshi bilishi kerak”.

Kutubxonalardagi kolleksiyalar yurt kezishi lozim, deydi direktor. Ko’rgazmalar tashkil etib, ularni namoyish etish zarur.

“Qishloq joylarda, oliy hududlarda yashaydiganlar uchun ham alohida loyihalar boshlab, yuk mashinalarda qatorma-qator qilib, turli mavzularda dasturlar uyushtirish bizning rolimizni, taraqqiyotga hissamizni oshiradi”, - deydi Heyden.

Kongress kutubxonasi – global manba, deydi uning rahbari, nafaqat amerikaliklarga ochiq balki butun dunyoga tegishli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG