Breaking News

Liviyada inqilobga sabab bo'lgan isyonning uch yilligi nishonlanmoqda


Liviyaliklar sobiq rahbar Muammar Qaddafiy tuzumiga qarshi harakatning uch yilligini nishonlamoqda. Isyon fuqarolik urushiga aylanib ketib, Qaddafiy yovuzlarcha o’ldirilgan. Tuzum o’zgarganiga qaramay mamlakat hanuz barqarorlikka yuz tutmadi.

Poytaxt Tripolida bu sana nishonlandi, inqilobiy bayroqlar hilpiradi. Shahar aholisi yorqin kelajakka hamon umid qilmoqda.

Ulardan biri Abdulrauf Muhammadning aytishicha, Liviya zolim hukmdorlar va kamsitishlardan qutuldi.

Biroq inqilobdan beri mamlakatda markaziy hokimiyat oyoqqa turmadi. Qurollangan to’dalar Liviya xavfsizligiga rahna solmoqda. Inqilob qahramonlaridan biri general Xalifa Haftar harbiylar yordamida isyon ko’tarishini aytdi.

Liviya armiyasi kichik va zaif bo’lgani uchun davlat rahbarlari isyon haqidagi tahdidni jiddiy qabul qilmadi va generalni hibsga olishga buyurdi.

Hokimiyat mamlakatda mintaqaviy va qabilaviy guruhlar o’rtasida bo’lingan. Aksariyatining o’z qurollangan kuchlari bor. Markaziy hukumatda esa millatchi va islomiy arboblar til topisha olmayapti. Bundan tashqari, bu hukumatning amal qilish muddati tugagan.

Payshanba kuni Liviyada maxsus komissiya saylanib, unga yangi konstitutsiya ustida ishlash vazifasi topshiriladi.



Liviyadagi fojia, Obama nima deydi?/US Libya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG