Notinch Liviyada qumbo’ronlar avjida. Shimoliy Afrika tabiati shundoq ham qiynalib ketgan bu xalq hayotini yanada og’irlashtirgan.
Ko’chalar bo’m-bo’sh, do’konlar yopiq, ishlab chiqarish to’xtab qolgan.
Muvaqqat hukumat kuchlar esa Sirta shahrini siquvga olmoqda. Sobiq rahbar Muammar Qaddafiy shu yerda yashiringan bo’lishi mumkin.
Qaddafiy tarafdorlari mana shu shahardagi anjuman saroyiga joylashib olgan va Sirtani yangi rahbarlarga bermoqchi emas.
Jonini saqlash uchun uy-joyini tark etmoqchi bo’lgan fuqarolar uchun yo’llar yopiq. Hammayoqni qum bosgan.
Sirtada uch haftadan beri tinimsiz janglar. Muvaqqat hukumat qo’shini Qaddafiyga sodiq kuchlarni yo’q qilib, nazoratni qo’lga olishga bel bog’lagan.