Breaking News

Barak Obama: Liviya xalqi yangi, demokratik davlat qurishga haqli


Barak Obama: Liviya xalqi yangi, demokratik davlat qurishga haqli
Barak Obama: Liviya xalqi yangi, demokratik davlat qurishga haqli

AQSh prezidenti Barak Obama nazarida Liviyada og'ir, qo'rqinchli bir davr poyoniga yetdi. Muammar Qaddafiyning kuni qanday bitganidan ayonki, boshqaruvning temir panja usuli oxir-oqibat barham topadi.

Obamaning aytishicha, arab dunyosida fuqarolar haq-huquqini talab qilib, oyoqqa turdi. "Jasur yoshlar diktatorlarning adabini bermoqda".

"Liviyani bu pallada qo'llab-quvvatlar ekanmiz, oldinda hali qilinadigan ishlar ko'p. Haqiqiy demokratik jamiyat, farovon davlat qurish uzoq, murakkab jarayon ekani hech kimga sir emas", - deydi AQSh prezidenti.

Omma yangi davr boshlanganini bayram qilmoqda
Omma yangi davr boshlanganini bayram qilmoqda

Liviya xalqi endi yangi, demokratik mamlakat barpo etish imkoniyatiga ega.

Polkovnik va uning rejimi avval AQSh yetakchi, so'ng NATO davom ettirgan amaliyot boshlang'ich nuqtasidan yetti oy o'tib barbod bo'ldi.

Yaqin Sharq masalalarini o’rgangan, Amerikaning olti davlat kotibiga maslahat bergan ekspert Aaron Deyvid Miller nazarida Barak Obamaning Liviyadagi harbiy kampaniyaga hissa qo’shib, to’g’ri ish qilganini so’nggi voqealar isbotlaydi.

Liviya Qaddafiydan qutuldi, deydi mana bu yoshlar
Liviya Qaddafiydan qutuldi, deydi mana bu yoshlar

Lekin buning asoratlarini ham tan olish kerak.

“Liviyada qilganimizni Suriya yoki xalq isyoni bilan yuzlashishi muqarrar Saudiya Arabistoni, Iordaniya va boshqalar uchun amalga oshirishimiz gumon”, - deydi u.

“Odamlar Amerikaning xatti-harakatini savolga tuta boshlaydi. Diktatorlar qo’li ostida yashayotgan mamlakatlar kammi? Hammasiga qo’shin tortamizmi? Yo’q, albatta”, - deydi Tashqi aloqalar kengashi xodimi Lesli Gelb.

Tripoli ko'chalarida... Muammar Qaddafiy, Liviyani 42 yil boshqargan dikratorning o'limi tantana qilinmoqda.
Tripoli ko'chalarida... Muammar Qaddafiy, Liviyani 42 yil boshqargan dikratorning o'limi tantana qilinmoqda.

Qaddafiyning o'limi kelasi yilgi saylovlar oldidan prezident Barak Obama pozitsiyasini ham kuchaytiradi.

Hokimiyat uchun da’vogar respublikachi nomzodlar Obama yonida zaif.

“Saylovchiga Barak Obama tashqi siyosatni eplamadi, deb ko’ring-chi. Kim ishonadi”? - deydi Miller.

Quyidagi tasvirlarda Muammar Qaddafiy hokimiyatga kelgan paytlar va Liviya tarixi bilan bog'liq lahzalarni ko'rishingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG