Breaking News

Qaddafiy hamon vatanda, deydi matbuot kotibi


Sirta shahrida Muammar Qaddafiyning tarafdorlari bilan janglar davom etmoqda
Sirta shahrida Muammar Qaddafiyning tarafdorlari bilan janglar davom etmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotida Liviya davlati rahbarlari o’tiradigan kursilarda endi Milliy Muvaqqat Kengash a’zolari o’tirar ekan, Muammar Qaddafiy davrida qo’yilgan sanksiyalar qisman bekor qilinib, xususan moliyaviy cheklovlar yumshatilib, bu mamlakatga yordamni oshirishga kelishib olingan.

Kecha BMT Xavfsizlik Kengashi bu borada rezolyutsiya qabul qilgan. Tashkilot Liviyadagi missiyasini kengaytirmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi
BMT Xavfsizlik Kengashi

Tripolida esa Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an Milliy Muvaqqat Kengash raisi Mustafo Abdul Jalil bilan uchrashgan. Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron va Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi ham bu hafta Liviyada bo’ldi.

Kelasi hafta BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi paytida AQSh rahbari Barak Obama ham Mustafo Abdul Jalil bilan muloqot qiladi.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'an Tripoliga bordi, 16-sentabr 2011
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'an Tripoliga bordi, 16-sentabr 2011

Liviyani qariyb 42 yil davomida boshqargan Muammar Qaddafiy esa hamon qidiruvda. Uning taraforlari Sirta va Bin Valid shaharlarida muvaqqat hukumat kuchlari bilan janglarni davom ettirmoqda.

Qaddafiyning matbuot kotibi Musa Ibrohimning aytishicha, “lider vatanni tark etmagan”.

NATO bombalaridan, deydi u, bugun, ya’ni shanba kuni, Sirta shahrida 350 kishi o’lgan.

NATO buni rad etmoqda. Jurnalistlar bu hududga kira olmayotgani sabab xabarni tasdiqlay olmaymiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG