Breaking News

Suriyaning Rastan shahri hukumat qo’lida, Liviyadagi portlashda oila jabr ko’rdi


Suriyaning Rastan shahri hukumat qo’lida, Liviyadagi portlashda oila jabr ko’rdi
Suriyaning Rastan shahri hukumat qo’lida, Liviyadagi portlashda oila jabr ko’rdi

Suriya

Suriyaning Rastan shahri bir necha kunlik to’qnashuvdan keyin yana hukumat qo’liga o’tgan.

Armiyadan qochgan askarlar shaharda namoyishchilar tarafiga o’tib, olishayotgan edi. Faollarning aytishicha, xavfsizlik kuchlari Rastanni izg’ib, dezertirlarni qidirmoqda.

Bu orada, Suriya muxolifati Turkiyada uchrashib, prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashda birlashish masalasini muhokama qilmoqda.

Suriya rahbari qo’zg’olonni ayovsiz bostirar ekan, xalqaro hamjamiyat e’tirozi kuchaymoqda. BMT hisobicha, mart oyidan beri mamlakatda 2700 odam o’lgan.

Yaman

AQSh prezidenti Barak Obama fikricha, al-Qoida yetakchilaridan biri Anvar al-Avlakiy yo’q qilingani jangarilarga qarshi kurashda katta yutuq.

Avlakiy va yana bir necha jangari juma kuni Yamanda AQSh havo hujumida yo’q qilingan edi. Amerikada tug’ilib o’sgan, shu yerda oliy ma’lumot olgan Avlakiy G’arbga qarshi qator xurujlarning muallifi.

Prezident Barak Obama operatsiyada Yaman xavfsizlik xizmati ishtirokini maqtadi.

Ma’lum bo’lishicha, reydni AQSh razvedkasi boshqarib, yil boshida Osama bin Ladenni yo’q qilgan maxsus xizmat tomonidan amalga oshirilgan. Natijada nafaqat Avlakiy, balki al-Qoida gazetasi muharriri, Amerikada tug’ilgan Samirxon ham o’lgan.

Liviya

Liviyaning qonli olishuvlar kechayotgan, Muammar Qaddafiyga sodiq Sirta shahrida odamlar otishmadan qochishga urinar ekan, bugun bir oilaning uch a’zosi o’lgan.

Shahardan chiqishda oila ketayotgan mashina portlatilgan, bu qaysi tomonning ishi ekan noma’lum.

Qamal holatida yashayotgan Sirtada dori-darmon, yegulik va ichimlik suvi yetishmaydi. Xalqaro gumanitar taskhkilotlar shaharga kirish harakatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG