Breaking News

Liviya inqilobi ortida minglab ko'ngillilar turibdi


Liviya inqilobi ortida minglab ko'ngillilar turibdi
Liviya inqilobi ortida minglab ko'ngillilar turibdi

Liviyada olti oy davom etgan norozilik namoyishlari nihoyat Muammar Qaddafiyning hokimiyatdan quvilishi bilan yakunlandi. Bunga ko’ngillilar katta hissa qo’shdi. Ular nafaqat hukumat qo’shinlariga qarshi kurashdi, balki boshqa jabhalarda ham qizg’in faoliyat olib bormoqda.

Liviyaning ikki katta shahri - Misrata va Sirta orasidagi yo’l inqilobchilar qo’lida. Kalashnikov avtomatlari ko’tarib turgan yigitlarni ko’rasiz.

Ularning aksariyati – o’qishi va ishini vaqtincha tashlagan talaba va xizmatchilar. Muammar Qaddafiydan qutulishga bel bo’glagan bu fuqarolar murodiga yetdi - diktator va uning oilasi hokimiyatdan quvildi.

Isyonchilar orasida talabalar ko'p
Isyonchilar orasida talabalar ko'p

Odil Ahmad - Sirta yaqinidagi post boshlig’i. Bundan olti oy avval Misrata dengiz portidagi ishini tashlab, isyonchilarga qo’shilgan edi. Shaharni ozod etganlardan.

“Birinchi navbatda erkinlik uchun kurashdim”, - deydi Ahmad.

"Ikkinchidan, odamlarning tinch namoyish uyushtirganini ko’rdm. Qaddafiyning esa bunga javoban odamlarni o’ldirtirgani, zo’rlatgani va o‘g’irlatganiga amin bo’ldim. Bunga chidab turolmadim. Ozodlik, farovon kelajak uchun kurashishga qaror qildim".

Bing'ozi shahri
Bing'ozi shahri

Poytaxt Tripolidagi kasalxonada yaralangan bolaga qarayotgan Ali Al-Mug’rabiy kelasi yili shifokorlik diplomini olar ekan.

Uning aytishicha, tibbiy xodimlar yetishmayapti. Jarohatlanganlar ko’p.

Tripolida ko’ngillilar ko’chalarni tozalayapti. Ulardan biri - Solih Dukalia.

Sirta shahri
Sirta shahri

"Isyonchilarni qo’llab-quvvatlaganlar ko’p. Ba’zilari ko’chalarni tozalash, devorlarni bo’yash, aholiga suv yoki sut yetkazish kabi ishlarda ko’maklashmoqda. Yordam berishga harakat qilyapmiz", - deydi u.

Ba’zi ko’ngillilar o’z jamoalarini tuzmoqda. Liviyaning yangi rahbariyati bunday tashabbuslarni qo’llab-quvvatlamoqda.

XS
SM
MD
LG