Breaking News

Qaddafiyning oilasi Jazoirda, Italiya-Liviya neft haqida bitim imzoladi


Muammar Qaddafiy
Muammar Qaddafiy

Xabarlarga ko’ra, Liviya rahbari Muammar Qaddafiyning oilasi bugun, dushanba kuni Jazoirga yetib borgan. Liviya muxolifati o’tgan hafta poytaxt Tripolini egallaganidan beri Qaddafiy va uning yaqinlarini qidirib keladi.

Jazoir rasmiy axborot agentligi Tashqi ishlar vazirligiga tayanib shu haqda ma’lum qilgan. Qaddafiyning turmush o’rtog’i, ikki o’g’li, qizi va nabiralari hozir Jazoirda.

Shuningdek, NATOning Liviyadagi harakatlarini yoqlayotgan davlatlar rahbarlari Parijda majlis qilib, Liviya muxolifatiga yordam berish haqida gaplashmoqda. Muzokara qatnashchilari orasida AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton ham bor.

Olti oylik tanaffusdan keyin Fransiya Tripolidagi elchixonasini qayta ochish arafasida.

Italiyaning yirik energetik kompaniyasi, Liviyada neft qazib oluvchi eng katta firma – Eni esa oppozitsiya bilan bitim imzolab, ishlab chiqarishni to’liq tiklashga kelishgan.

Liviya qora oltini yuqori narxda yuradi, chunki mahsulot yengil, sifatli. Neftning 85 foizi Yevropaga uzatib kelingan.
Liviya qora oltini yuqori narxda yuradi, chunki mahsulot yengil, sifatli. Neftning 85 foizi Yevropaga uzatib kelingan.

Tomonlar hujjatni bugun Bing’ozi shahrida imzolagan.

Liviyadagi urush sababli Eni ishni keskin kamaytirishga majbur bo’lgan, xususan, avval kuniga 280 ming barrel, mojaro paytida 50 ming barrel neft ishlangan.

Kompaniya rasmiysi Paolo Skaroni fikricha, qazish to’liq tiklanishi uchun bir yarim yil vaqt kerak, chunki to’qnashuv paytida texnika katta zarar ko’rgan.

Ziddiyatdan oldin Liviya kuniga 1,8 million barrel neft yetkazgan, ya’ni dunyo ta’minotining ikki foizini. Lekin bugun bu raqam kuniga 60 ming barreldan oshmaydi.

Bu davlat qora oltini yuqori narxda yuradi, chunki mahsulot yengil, sifatli. Neftning 85 foizi Yevropaga uzatib kelingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG