Arab Ligasi Suriyaga xalqaro kuzatuvchilarga eshiklarni ochib berish, aks holda jazoga uchrash shartini qo’ygan va buning uchun jumaga qadar muhlat bergan edi.
Liga muhlatni juda kechgacha uzaytirdi.
Rasmiy Damashq masala yuzasidan savollar bilan chiqqani ma'lum. Suriyadagi namoyishlar ayovsiz bostirilar, prezident Bashar al-Assad xalqaro hamjamiyat da’vatlarini pisand qilmas ekan, Liga ikki hafta oldin bu davlatni safdan chetlatdi.
Tashkilot a’zolari ertaga alohida uchrashib, Damashqni jazolash choralarini muhokama qiladi. Rossiya bu siyosatdan naf yo’q, deb ogohlantirmoqda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aleksandr Lukashevich Suriya bilan diplomatik rishtalarni tiklash kerak, deydi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, mart oyidan beri xalq qo’zg’oloni va armiya bilan to’qnashuvlarda 3 yarim mingdan ziyod odam o’lgan.
BMTning qiynoqlarga qarshi qo’mitasi Suriyada fuqaroni, jumladan, bolalarni qiynoqqa solish hollari keng tarqalgan.
Bugun xavfsizlik kuchlari Hims shahrini nishonga olib, sakkiz kishini o’ldirgan. Davlat matbuoti esa terrorchilar olti uchuvchi va uch harbiyni o’ldirganini bildirmoqda.
Namoyish qilayotgan fuqarolar Assadning iste’fosini talab qilsa, prezident tarafdori Arab Ligasini rad etmoqda.