Breaking News

Damashq: Arab Ligasi ichki masalalarga aralashmoqda


Arab Ligasi kuzatuvchilari
Arab Ligasi kuzatuvchilari

Suriya Arab Ligasining prezident Bashar al-Assad hokimiyatni o’rinbosariga topshirsin degan talabini rad etdi.

Liga o’zga davlat ishlariga aralashmoqda, deya norozi rasmiy Damashq.

Kecha tashkilotga a’zo 22 davlat tashqi ishlar vazirlari Qohirada uchrashib, bu davlatdagi ahvolni muhokama qilgan.

Arab mamlakatlari Assadni ikki haftada muxolifat bilan muloqot boshlab, ikki oy ichida yangi hukumat tuzishga, so’ng parlament va prezident saylovlari o’tkazishga chaqirgan.

Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Hamad bin Yassim al-Taniyning aytishicha, Arab Ligasi mazkur tashabbusni BMT Xavfsizlik Kengashi muhokamasiga havola otib, tasdiqlatish niyatida.

Misrda Suriya rahbariyatiga qarshi namoyish
Misrda Suriya rahbariyatiga qarshi namoyish

Saudiya Arabistoni esa Suriyada ishlayotgan kuzatuvchilar tarkibidan o’z fuqarolarini chaqirib olmoqda.

Qirollik Assad hukumati Arab Ligasiga bergan va’dalari, xususan, xalqqa qarshi zo’ravonlikni bas qilish va’dasiga amal qilmayotganidan norozi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG