Qo'shma Shtatlar Suriyada ahvol beqarorlashayotganini aytib, elchixonasini yopishga va barcha diplomatlarini chiqarishga qaror qildi.
Davlat departamentining ma'lum qilishicha, elchixona faoliyati to'xtatilib, elchi Robert Ford va boshqa xodimlar Suriyani tark etdi.
AQSh o'tgan oy rasmiy Damashqdan vaziyatni yaxshilashni so'ragan, aks holda elchixona yopiladi deya ogohlantirgan edi.
Suriyalik inson huquqlari faollarining aytishicha, bugun Hims shahrida xavfsizlik kuchlari hujumi oqibatida kamida 17 kishi o'lgan.
Hujumlardan biri neft quvuriga shikast yetkazgani aytiladi, biroq davlat televideniyesiga ko'ra, quvurni terrorchi guruhlar portlatgan.
O'tgan hafta oxirida shahardagi zo'ravonliklarda 200 odam o'lgan edi.
Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya hukumatiga qarshi rezolyutsiya loyihasiga veto qo'yish qarorini himoya qilmoqda.
Ayrim davlatlar Xitoyni Suriya prezidenti Bashar Assad rejimining yonini olayotganlikda ayblagan. Tashqi ishlar vazirligi ayblovlarni inkor etgan.
Xitoy va Rossiya nazarida hujjat Assadga qarshi harbiy hujumga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu davlatlar mojaroga siyosiy yechim topishga chaqirmoqda.
Suriya ko'chalari: