Breaking News

Fransiya, Turkiya Suriyani qattiqroq jazolash tarafdori


Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alen Juppe, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovudo'g'li
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alen Juppe, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovudo'g'li

Xalq isyonini kuch bilan bostirayotgan Suriya hukumati jahon hamjamiyati da’vatlarini pisand qilmay keladi. Fransiya nazarida bu davlat rahbariyatini qattiqroq sanksiyalar bilan jazolash fursati yetgan.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alen Juppe Turkiyada matbuot anjumanida so’zlab, BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi.


Shu damgacha sanksiyalarga qarshilik bildirgan kengash a’zolari Suriyadagi ahvolni ko’rib turibdi, dedi u, prezident Bashar al-Assadni o’zgaradigan arbob emas.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovudo’g’li Assad tarafdorlari va hukumatdan yuz o’girgan askarlar olishuviga e’tibor qaratib, Suriya fuqarolik urushi domiga tortilishi mumkin, deya ogohlantirdi.

Rossiya, Xitoy va Fransiya mojaroni tinch yo’l bilan hal etish, Assadning hokimiyatdan ketishi va qurol qo’llamaslik tarafdori. Nihoyat kuni-kecha Arab Ligasi Suriyani a’zolikdan chetlatdi. Assad tarafdorlari poytaxtda chiqish qilib, liga qarorini tanqid qilgan.

Bugungi namoyishlarda askarlar 11 odamni o’ldirgan. Isyon ko’targan faollari xorij davlatlarini o’z elchilarini qaytarib olishga undamoqda.

BMT hisobicha, mart oyidan beri zo’ravonlik va chiqishlar 3500 odamni hayotdan olib ketgan. Rasmiy Damashq bu xorij qo’llab-quvvatlovini olgan terrorchilar va diniy ekstremistlar ishi, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG