Breaking News

AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti


AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti
AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti

Qo’shma Shtatlar Eronga nisbatan bosimni oshirish uchun Turkiyadan yordam so’ramoqda. Eron, ma’lumki, yadro qurolini qo’lga kiritishga urinayotganlikda gumon qilinadi.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Anqaraga safari chog’ida Suriyadagi ahvolni ham muhokama qilgan.

Anqarada prezident Abdulla Gul va parlament spikeri Jamil Chechak bilan muloqot qilgan Jo Bayden Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada manfaatlar mushtarak ekani haqida gapirdi. Turkiyaning Suriyaga qo’ygan iqtisodiy sanksiyalarini olqishladi. Eron masalasida ko’mak so’radi.

AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti
AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti

Xalqaro atom boshqarmasining so’nggi xulosasiga ko’ra, Eron olib borayotgan yadroviy dastur harbiy maqsadlarni ko’zlaydi. Islomiy respublikani bu yo’ldan qaytarish uchun AQSh va Yevropa ham diplomatik, ham jazo choralari qo’llayapti.

Suriyada esa avtokratik tuzumga qarshi sakkiz oydan beri davom etayotgan qo’zg’olon hozirgacha to’rt ming odamning hayotiga zomin bo’lgan.

“Turkiya prezident Bashar al-Assadni iste’foga chaqirayotgani mardona qadam”, - deydi AQSh vitse-prezidenti. Uning nazarida bu haqiqiy yetakchilikdan darak.

Jo Bayden Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an bilan uning uyida ko’rishadi. Yaqinda operatsiya qilingan Erdog’an tibbiy muolajadan o’tayapti.

AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti
AQSh Eronga qarshi Turkiyadan yordam so’rayapti

Bayden bilan uchrashuvdan so’ng bergan bayonotida Turkiya prezidenti Abdulla Gul AQSh ko’magida Kurdiston Ishchilar Partiyasiga qarshi kurashni kuchaytiramiz, dedi.

Shu maqsadda Anqara AQShdan “Kobra” rusumidagi ilg’or vertolyotlar sotib olmoqda. Shuningdek, Iroqdagi harbiy texnikaning bir qismi Turkiyaga olib kelinib joylashtiriladi. Anqara va Vashington, ma’lumki, Kurdiston Ishchilar Partiyasini terrorchilar deb tamg’alagan.

AQSh qo’shinlari Iroqni shu yil oxirigacha butunlay tark etadi. Ammo, deydi rasmiylar, Amerika bu davlatni o’z holiga tashlab qo’ymaydi.

Vitse-prezident Jo Bayden bugun Anqaradan Gretsiyaga yo’l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG