Breaking News

Suriyada qo’zg’olon avjida


Suriyada qo’zg’olon avjida
Suriyada qo’zg’olon avjida

Suriyada politsiya 45 yoshli prezident Bashir al-Assadga qarshi isyon ko’targan xalqni tarqatish uchun ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llagan.

Deraa shahrida askarlar havoga o’q uzgan. Biroq omma taslim bo’lmoqchi emas. Mamlakat mana 10 kundirki notinch.

Shaharda kamida 4 ming odam yig’ilgan. “Erkinlik istaymiz”, “Huquqimizni bering” kabi talablar yangramoqda.

Suriyada qo’zg’olon avjida
Suriyada qo’zg’olon avjida

Suriya rahbariyati xalq talablarini qondirishga, yaqin ikki kunda qator takliflar bilan chiqishga va’da bermoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash, siyosiy va matbuot erkinligi, 1963 yilda joriy etilgan favqulodda holatni tugatish - omma talablaridan.

Suriyada qo’zg’olon avjida
Suriyada qo’zg’olon avjida

Shanba va yakshanba kunlari port shahar, har xil elat va mazhablar yashovchi Latakiada to’qnashuvlar ro’y berib, 12 odam o’lgan edi.

Prezident Assad Latakiaga askar safarbar etgan. Do’konlar yopiq; politsiya o’tgan-ketganni to’xtatib hujjat so’ramoqda.

Hukumat voqeada qurolli jinoiy guruhlarni ayblagan.

Deraada boshlanib, poytaxt Damashqqa yetib borgan qo’zg’olon shu paytgacha kamida 60 fuqaroni hayotdan olib ketgan.

Suriyada qo’zg’olon avjida
Suriyada qo’zg’olon avjida

Avtokrat rahbar hukmron Suriyada o’tgan oy boshida bu kabi g’alayon, isyon bo’ladi deb odam xayoliga keltira olmasdi. Biroq arab dunyosini qamragan qo’zg’olonlar to’lqindan bostirib kelmoqda.

Amerika Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton “Suriya ishlariga aralashmoqchi emasmiz”, - deydi.

Suriyaning ayrim shaharlarida Assadga xayrixoh omma ham chiqishlar qilgan. Ular nazarida g’alayon ortida turgan – matbuot.

Muxolif kuchlar “inson huquqlari, demokratiya, taraqqiyot istaymiz”, deydi. Ular oilalar hukmronligi, korrupsiyadan charchaganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG