Breaking News

Suriyada namoyishchilar va isyonkor askarlar birlashmoqda


Hims shahridagi manzara
Hims shahridagi manzara

Suriyada faollar bugun xalqni ommaviy chiqishlarga da’vat etmoqda. Idlib viloyatida 20 mingdan ziyod odam yig’ilgani, askarlar o’t ochib, bir odamni o’ldirgani aytmoqda ular.

Kuni-kecha mufolifat yetakchisi Burhon G’aliun armiyadan yuz o’girgan isyonchi askarlar rahbari polkovnik Riad al-Assad bilan ko’rishgan edi.

Tomonlar birlashish haqida gaplashgani ma’lum. Harbiylar isyonchilar safiga qo’shilganidan beri chiqishlar tobora qonli tus ola boshlagan.

Huquq himoyachilarining aytishicha, Suriyadagi vaziyatni kuzatishga borgan Arab Ligasi delegatlari safida hukumatdan nozori bo’lib mamlakatni tark etishga qaror qilganlar ko’paymoqda.

Liga kuzatuvchilari rahbari Nabil Elarabiy Suriya fuqarolik urushi domiga tortiladi, deb xavotirda.

U 11 kuzatuvchi hukumat tarafdorlari tomonidan jarohat olgach, chiqish qildi. Lekin Elarabiy Assad ma’muriyati hujumga zo’r bergani haqidagi da’volarni inkor etib keladi.

Prezident Bashar al-Assad namoyishlarni bostirmaslik, askarlarni shaharlardan olib chiqishga va’da bergan edi. BMT va AQShning izohicha, va’da ijrosidan darak yo’q.

Turkiyaning bildirishicha, Kiprda qisqa vaqt ushlanib qo’yib yuborilgan Rossiya yuk kemasi Suriyaga yetib borgan.

Matbuotning yoritishicha, Sankt-Piterburgdan yo’lga chiqqan bu kema yonilg’i olish uchun Kiprda to’xtagan payt ushlangan.

Uning bortida Suriyaga atalgan 60 tonna qurol-aslaha, portlovchi modda bor, deya yozadi Kipr gazetalari.

Suriya ko'chalarida olingan video:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG