Breaking News

Suriyada xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar olishib, 32 odam o’lgan


Suriyada xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar olishib, 32 odam o’lgan
Suriyada xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar olishib, 32 odam o’lgan

Faollarning aytishicha, shimoli-g’arbdagi Idlib viloyatida qurbonlar soni 10 kishi. Davlat matbuotining bildirishicha, qurollangan guruh Maaret al-Numon shahrida askarlarga hujum qilib, hukumat binolariga o’t qo’ygan.

Ular Jisr al-Shugur shahridagi “ssenariyni takrorlashga uringan” deya izohlaydi rasmiy televideniye.

O’tgan hafta oxirida Suriya-Turkiya chegarasi yaqinida 120 askarning jasadi topilgan va hukumat voqeada jangarilarni ayblagan edi.

Harbiylar Jisr al-Shugur shahrida katta operatsiya boshlagan. Prezident Bashar al-Assad qasos haqida og’iz ochganidan keyin odamlar hududni tark eta boshlagan.

Yana bir necha shaharda, guvohlar so’zlariga qaraganda, armiya namoyishchilarni o’qqa tutib, bir necha kishini o’ldirgan.

Poytaxt Damashq va janubdagi Daraa viloyatida askarlar gaz yoki to’qmoqlar emas, balki haqiqiy o’q-dorini ishga solgani aytiladi.

Suriyada xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar olishib, 32 odam o’lgan
Suriyada xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar olishib, 32 odam o’lgan

Turkiya matbuoti xabariga ko’ra, qo’shni bu davlatdan oqib kelayotgan qochqinlar soni 4 mingdan oshgan.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an Assad ma’muriyati harakatlarini tanqid qilib, xalqqa qarshi zolimlikni bas qilishga undadi.

U Suriya rahbariyatini avtokratiyada ayblaydi. Turkiya chegarada qochqinlar uchun alohida himoya-qalqon zonasi yaratish haqida o’ylanmoqda.

Suriyadagi g’alayonni tinchlantirish yo’lida olib borilgan diplomatik choralar ish bermay keladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida Assad ma’muriyatini qoralovchi rezolyutsiya Rossiya va Xitoy qarshiligi sabab ovozdan o'tmagan.

Lekin Rossiya mutlaqo qarshi, chunki Suriyadagi vaziyat dunyo tinchligiga tahdid solmaydi.

Huquq tashkilotlari hisob-kitobiga qaraganda, qo’zg’olon va to’qnashuvlar 1100 odamni hayotdan olib ketgan. Mart oyidan beri 10 ming kishi qamoqqa olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG