Breaking News

Obama: Bashar al-Assad shafqatsizlikda o'tib ketdi


Prezident Assadga xayrixoh odamlar dushanba kuni Amerika va Fransiya elchixonalariga bostirib kirib, derazalarni sindirgan, imorat uzra Suriya bayrog’ini ko’targan edi. Mahalliy politsiya miq etmay, chetda qarab turaverdi, deydi guvohlar.
Prezident Assadga xayrixoh odamlar dushanba kuni Amerika va Fransiya elchixonalariga bostirib kirib, derazalarni sindirgan, imorat uzra Suriya bayrog’ini ko’targan edi. Mahalliy politsiya miq etmay, chetda qarab turaverdi, deydi guvohlar.

Prezident Barak Obama Suriya rahbari Bashar al-Assadni tanqid qilib, xalq ishonchini yo’qotayotgan arbob deya ta’riflagan.

“Assad islohot o’tkazish yo’lida berilgan imkoniyatlarni qo’ldan boy berdi”, - deydi Obama.

Obama Assad ma’muriyatini o’z xalqiga nisbatan berahm siyosatda aybladi.

“Tinch namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirib, katta xatoga yo’l qo’ydi u”, - deydi AQSh rahbari.

Mart oyida boshlangan qo’zg’olon va to’qnashuvlar borasida Obama Assadni hali bunday qattiq koyimagan edi.

Kuni-kecha Davlat kotibasi Xillari Klinton ham achchiq tanqid bilan chiqqan, “Assad toabad prezident bo’la olmaydi” degan edi.

Suriya hukumati boshqa davlat ishlariga tiqilmang, deya javob qiladi va bu bayonotlar Amerikaning g’alamis siyosatidan nishona, deydi.

Obama: Bashar al-Assad shafqatsizlikda o'tib ketdi
Obama: Bashar al-Assad shafqatsizlikda o'tib ketdi

Biroq Obama ma’muriyati qo’zg’olonga aloqasi yo’qligini, xaql uzoq yillik qo’rquvdan xalos bo’lganini aytadi. Qo’shma Shtatlar zo’ravonlikni tanqid qilsa-da, prezident Bashar al-Assad ketsin deb chiqqanicha yo’q.

BMT Xavfsizlik Kengashi ham dushanba kuni Damashqda Amerika va Fransiya elchixonalariga qilingan hujumni qoralagan.

Prezident Assadga xayrixoh odamlar binolarga bostirib kirib, derazalarni sindirgan, imorat uzra Suriya bayrog’ini ko’targan edi. Mahalliy politsiya miq etmay, chetda qarab turaverdi, deydi guvohlar.

Davlat departamentining bildirishicha, diplomatik missiyalar qayta ishga tushgan va xavf-xatar yo’q.

“Elchixonamizga qo’l ko’tarishga hech kimning haqqi yo’q. Xorijdagi diplomatlarni himoya qilishga qodirmiz”, - deydi Barak Obama.

Davlat kotibining demokratiya va inson huquqlari masalalari bo’yicha muovini Maykl Pozner:

“Elchixonalarga qilingan hujumdan ayonki, mamlakat tinchini buzayotgan aslida prezident Assadning o’zi. Islohot va’da qiladiyu, amalda o’zgarish yo’q. Muzokara qilaman deydiyu, berahmlikni qo’ymaydi”, - deydi Pozner.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG