Breaking News

Suriyada hukumat katta shaharlarga qo’shin torta boshladi


Rasmiy matbuot xabariga ko’ra, armiya “terrorchilar”ga qarshi operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab, tinchlik va barqarorlikni ta’minlagan. Lekin guvohlar so’zlariga ko’ra, harbiylar hali ham shu atrofda.
Rasmiy matbuot xabariga ko’ra, armiya “terrorchilar”ga qarshi operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab, tinchlik va barqarorlikni ta’minlagan. Lekin guvohlar so’zlariga ko’ra, harbiylar hali ham shu atrofda.

Suriya armiyasi ikki oy avval boshlangan qo’zg’olon markazi Deraa shahrini sekin-asta tark etmoqda.

Shahar qurolli kuchlar va hukumatga qarshi bosh ko’targan fuqarolar o’rtasida shafqatsiz olishuvlarning guvohi bo’lgan.

Suriya davlat matbuotining xabar berishicha, armiya “terrorchilar”ga qarshi operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab, tinchlik va barqarorlikni ta’minlagan.

Lekin guvohlar so’zlariga ko’ra, harbiylar hali ham shu atrofda.

Kecha “Al Watan” gazetasiga intervyusida prezident Bashar al-Assad Deraada jangarilarni yo’q qilishga doir reydlar tez kunda nihoyasiga yetadi degan.

23 million aholisi bor bu yurtda odamlar hukumatdan islohot talab qilib, prezident Assad ketsin deb ko'chaga chiqqach, Deraaga qo’shin tortilgan edi.

Namoyishlar
Namoyishlar

Guvohlar deydiki, kecha Hims, Banias va poytaxt Damashq tevaragini askarlar, tanklar bosgan.

Hukumat esa faollar, muxolifatning iziga tushib, kamida ming kishini qamagan. Rasmiylar aloqa tizimlarini uzib, shaharlarni tozalamoqda.

Suriya rahbari qozg'olonni kuch bilan bostirishga qaror qilgan. Muxolifat esa "taslim bo’lmaymiz" deydi.

Prezident Bashar al-Assad nazarida g’alayon – xorij va terrorchi guruhlar fitnasi
Prezident Bashar al-Assad nazarida g’alayon – xorij va terrorchi guruhlar fitnasi

Bashar al-Assad 40 yillik oilaviy an’anani saqlab, namoyishni yanchish ahdida qat’iy.

Unga boshqaruv 2000 yilda vafot etgan otasi Hofiz al-Assaddan meros bo'lib qolgan. Xalqaro hamjamiyat Assad ma’muriyati xatti-harakatidan xavotirda va harbiylar safarbar etilganini qoralamoqda.

Rasmiy Damashq nazarida g’alayon – xorij va terrorchi guruhlar fitnasi.

Isyonchilar esa Tunis va Misrdagi qo’zg’olonlardan ruhlanganini aytadi.

Inson huquqlari himoyachilari hisob-kitobiga qaraganda, mamlakatda oxirgi ikki oyda 560 odam o’lgan.

Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha, xalqaro hamjamiyat Suriya hukumatini savolga tutishi, fuqaroni “ayovsiz ezgan” rahbarlar jazosiz qolmasligini ko’rsatishi kerak.

U Suriyani sanksiya bilan jazolash masalasini Italiya Tashqi ishlar vaziri Franko Frattini bilan muhokama qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG