Breaking News

Suriya xavfsizlik kuchlari bosh prokurorni qidirmoqda


Suriya ko'chalaridagi manzara, fuqarolar tasvirga tushirgan
Suriya ko'chalaridagi manzara, fuqarolar tasvirga tushirgan

Hukumatga qarshi qozg’olon davom etayotgan Suriyada xavfsizlik kuchlari bir qishloqda bugun ikki fuqaroni o’ldirgan. Muxolifat ancha faol bo’lgan Idlib viloyatidan shunday xabar kelmoqda.

Harbiylar deydiki, aslida bosh prokuror Adnan Bakkurni qidirishmoqda. Bu shaxs o’tgan chorshanba kuni Bashar al-Assad hukumatiga video murojaat qilib, ishdan ketayotganini aytgan. Lekin rasmiylar nazarida uni aslida muxolif kuchlar olib qochgan va video orqali so’zlashga majburlashgan.

Bashar al-Assad deydiki, qo'zg'olonchilar -terroristlar
Bashar al-Assad deydiki, qo'zg'olonchilar -terroristlar

Kecha Suriyada 17 fuqaro harbiylar qo’lida o’lgan edi. Bashar al-Assad qo’zg’olonni kuch bilan bostirish ahdida qat’iy. Uning hokimiyatdan ketishini talab qilayotganlarni u “terrorist va xalq dushmanlari” deb ataydi.

Assad hukumatini qoralab, Suriyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirayotgan Amerika va Yevropa Ittifoqi bu mamlakatda siyosiy o’zgarishlar bo’lishi, jumladan rahbar yangilanishi kerak degan pozitsiyada.

Mart oyidan beri Suriyada 2200 fuqaro o’lgan, asosan xavfsizlik kuchlari tomonidan nishonga olingan odamlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG