Breaking News

Yevropa Ittifoqi Suriya va Eronga qo'shimcha sanksiya qo'yadi


Yevropa Ittifoqi Suriya va Eronga qo'shimcha sanksiya qo'yadi
Yevropa Ittifoqi Suriya va Eronga qo'shimcha sanksiya qo'yadi

Yevropa Ittifoqi Suriyada namoyishchilarga qarshi zulmni qoralar ekan, Eron Inqilobiy gvardiyasining Suriya xavfsizlik kuchlariga yordam berayotgan Quds bo'linmasiga sanksiya qo'ygan. Tashkilot bayonotida aytilishicha, Eron harbiylari rasmiy Damashqni texnik ko'mak va uskuna bilan ta'minlamoqda.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Suriya sobiq mudofaa vaziri, bir necha generallari, prezident Bashar al-Assadning maxsus vakili Xasan Turkmaniy va davlat rahbarining kenja ukasi Mohir Assadning bir necha safdoshlarini ham qora ro'yxatga kiritgan.

Rasmiy Damashq G'arb tanqidlarini inkor etib, Suriya harbiylariga qarshi bosh ko'targan qurollangan terrorchi to'dalarni nishonga olyapmiz, deydi. Davlat matbuotiga ko'ra, bugun sakkiz askar terrorchilar qurboni bo'lgan.

Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozining aytishicha, suriyaliklar demokratik jamiyatda yashashga haqli va hukumat bunga g'ov bo'lmasligi kerak. Ammo, deydi Sarkozi, Fransiya xalqaro mandatsiz Suriyaga qarshi harbiy chorani ma'qullamaydi.

BMT hisobicha, mamlakatda besh oydan beri namoyishchilarga qarshi davom etayotgan zo'ravonliklarda 2200 ga yaqin odam o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG