Breaking News

Rossiya: Suriyaga qarshi sanksiyalar ish bermaydi


Rossiya: Suriyaga qarshi sanksiyalar ish bermaydi
Rossiya: Suriyaga qarshi sanksiyalar ish bermaydi

Suriya bo’ylab davom etayotgan zo’ravonliklarda kecha yana 5 kishi halok bo’ldi.

Yevropa Ittifoqi bu davlatlan neft importini to’xtatdi. Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi vakillari bugun prezident Bashar al-Assad bilan uchrashmoqda.

Arab Ligasi rahbari Nabil Elarabi yaqin kunlarda Damashqqa safar qiladi.

Yevropa Suriyaga qo’ygan sanksiyalarni Rossiya tanqid qilib chiqdi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so’zlariga ko’ra, bir tomonlama jazo choralari hech qachon ish bermagan va bermaydi ham.

Qo’shma Shtatlar nazarida esa prezident Assadni faqat shu yo’l bilan murosaga ko’ndirish mumkin.

Ayni damda Suriya xavfsizlik kuchlari bosh prokuror Adnan Bakurni qidirmoqda. Bakur video murojaatida hukumatni qoralab, ishdan ketishini aytgan.

Guvohlarga qaraganda, bugun Suriya tanklarini Liviya bilan chegara yaqinidagi Telkalah shahrida ham ko’rish mumkin.

Al-Arabiya televideniyesi xabariga ko’ra, namoyishchilarni qo’rquvga solish uchun hukumat havo kuchlaridan ham foydalanyapti.

BMT hisobicha, mart oyidan beri Suriyada 2,200 kishi halok bo’lgan. Rasmiy Damashq isyon ko’targan fuqarolarni “qurollangan jinoyatchilar” va “terroristlar” deb ataydi.

XS
SM
MD
LG