Breaking News

Suriya muxolifati birlashib, Assadga bosimni oshirmoqda


Suriya muxolifati Istanbulda milliy kengash tuzdi
Suriya muxolifati Istanbulda milliy kengash tuzdi

Suriyada prezident Bashar al-Assadga muxolif kuchlar Turkiyaning Istanbul shahrida milliy kengash tuzib, uni hokimiyatdan ag'darishda hamkorlik qilmoqchi. Ularning aytishicha, prezident mamlakatni fuqarolik urushi yoqasiga yetakladi.

Muxolifatchilar bir yoqadan bosh chiqarishga urinmoqda
Muxolifatchilar bir yoqadan bosh chiqarishga urinmoqda

Kengash a'zosi Burxon G'aylunning aytishicha, agar xalqaro hamjamiyat Suriya hukumatiga qarshi kuch ishlatmoqchi bo'lsa, bu ishni Milliy kengash bilan maslahatlashgan holda amalga oshirishi kerak.

"Xalqaro kuchlar bilan hamkorlikka tayyormiz", - deydi u.

G'aylun deydiki, kengash harbiy intervensiyaga qarshi, ammo tinch aholini hukumat kuchlari zulmidan himoya qilish zarur.

Namoyishlar ketidan namoyishlar
Namoyishlar ketidan namoyishlar

Kengashga turli mafkurani targ'ib qiluvchi siyosiy kuchlar kirgan. Ular orasida dindorlar ham, dunyoviy tuzum tarafdorlari ham, kurd va nasroniy guruhlar bor.

Zo'ravonliklarga norozilik bildirib avgust oyida bosh prokurorlikdan ketgan Adnan Bakkur G'arbni Suriya xalqiga yordam berishga chaqirmoqda.

Uning aytishicha, kengash chet el elchixonalariga murojaat qilib, Suriya va mintaqa manfaatlarini himoya qilishga da'vat etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG