Breaking News

Suriyada kurd yetakchining janozasi otishmaga aylangan


Suriyada kurd yetakchining janozasi otishmaga aylangan
Suriyada kurd yetakchining janozasi otishmaga aylangan

Hukumatga qarshi qo’zg’olonlar davom etayotgan Suriyada kurd yetakchining dafn marosimi paytida otishma boshlanib ketgan.

Qamishli shahrida 50 ming odam Mash’al Tammoning janozasiga yig’ilgan. Xavfsizlik kuchlari ular orasida namoyishchilar bor degan gumon ostida ayrimlarini nishonga olgan.

Bir kishi o’lgan. Yaralanganlar ko’p.

Mash’al Tammo kecha, juma kuni, o’z uyida otib o’ldirilgan edi. Yuziga niqob taqqan qotillar kim ekani noma’lum.

Suriyada kurd yetakchining janozasi otishmaga aylangan
Suriyada kurd yetakchining janozasi otishmaga aylangan

Tammo yaqinda tuzilgan Suriya Milliy Kengashi, birlashgan muxolifat, a’zosi edi . Kurd Kelajak Partiyasi deb nomlangan siyosiy partiyaga ham asos slogan.

Tammoning o’limi butun mamlakat uchun fojia, deydi uning tarafdorlari. Ular orasida keng targalgan fikr shuki, yetakchini hukumatning odamlari o’ldirib ketgan.

Prezident Bashar al-Assad mana shunday yo’llar bilan uning hukumatdan ketishini talab qilayotgan odamlardan qutulmoqchi, lekin xalq orqaga qaytmaydi, aksincha, Mash’al Tammo o’limi bilan namoyishchilar safi yanada kengayadi, deydi faollar.

Bugungi dafn marosimida haloyiq Assadga qarata “ket, ket” deya tinimsiz hayqirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG