Breaking News

Suriya Arab Ligasini tashkilot nizomini buzganlikda ayblamoqda


Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim, Damashq, 14-noyabr, 2011-yil
Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim, Damashq, 14-noyabr, 2011-yil

Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallimning aytishicha, Arab Ligasining Suriyani chetlatish qarori xavfli bo'lib, tashkilot nizomiga ziddir. Arab davlatlari AQSh nog'orasiga o'ynamoqda, deydi vazir.

Arab Ligasi Suriya hukumati mamlakatdagi zo'ravonliklarni chorshanba kungacha bas qilmasa, uni guruh tarkibidan chiqarishga ovoz bergan.

Vazir Muallim nazarida tashkilot nizomiga ko'ra, biror davlatni undan chiqarish uchun a'zolar qarorni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashi kerak, biroq Suriya masalasida ayrim mamlakatlar qarorga qarshi chiqqan.

Rasmiy Damashq zo'ravonliklarni to'xtatish va muxolifat bilan muloqot boshlash haqida liga bilan erishilgan kelishuvni endi amalga oshirayotgan payt bunday qilish to'g'ri emas, deydi Suriya vaziri.

Rossiya bu masalada Suriyani qo'llab-quvvatlamoqda. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Moskva Arab Ligasi qaroriga qo'shilmaydi. G'arb davlatlari prezident Bashar al-Assadni hokimiyatdan olish uchun unga muxolif kuchlar bilan til biriktirmoqda, deydi Rossiya vaziri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG