Breaking News

Liviya hukumati “Nyu-York Tayms” muxbirlarini qo’yib yubordi


Xorijlik muxbirlar Liviya sharqiga, muxolifat nazorati ostidagi viloyatlarga vizasiz kirib kelayotgani ma'lum
Xorijlik muxbirlar Liviya sharqiga, muxolifat nazorati ostidagi viloyatlarga vizasiz kirib kelayotgani ma'lum

Liviya hukumati o’tgan hafta qamoqqa olingan to’rt jurnalist – "Nyu-York Tayms" gazetasi muxbirlarini qo’yib yuborgan.

Nashrning Bayrutdagi bo’limi rahbari Antoni Shadid, fotograflar Tayler Xiks va Lindsi Addario hamda kamerachi Stiven Farrel mamlakat sharqida, Ajdabiya shahridagi qo’zg’olonni yoritayotgan payt ushlangan edi.

To’rt jurnalist bugun poytaxt Tripolida Turkiya diplomatlari qo’liga topshirilgan.

Ularning ozod etilishida aynan, rasmiy Anqaraning hissasi borligi aytiladi.

"Nyu-York Tayms"ning Bayrutdagi bo’limi rahbari Antoni Shadid
"Nyu-York Tayms"ning Bayrutdagi bo’limi rahbari Antoni Shadid

Muxbirlar qo’shni Misrdan muxolifat nazorati ostidafi sharqiy viloyatlarga o’tgani, qo’lida biror vizasi bo’lmagani ma’lum.

Bu isyon paytida xorijlik aksariyat jurnalistlar Liviyaga vizasiz kirgan.

Mamlakatda g’alayon boshlangan sana 15 fevraldan beri chet ellik bir necha muxbir bedarak ketgan.

Fransiya axborot agentligining ikki jurnalisti va suratkash ana shular jumlasidan.

Kecha esa Al-Jazira telekanalining to’rt xodimi qamoqqa olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG