Breaking News

Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda


Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda
Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda

BMT Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq, G’arb va arab mamlakatlari Liviya aholisini Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlardan himoya qilishga kirishdi.

Ittifoqchi davlatlar vakillari bugun Parijda uchrashib, harbiy operatsiyani boshlashga qaror qilgan.

Majlisdan ikki soat o’tmasdan, Fransiya, Britaniya va Italiya qiruvchi samolyotlari Liviya armiyasiga tegishli vositalar, jumladan harbiy mashina va tanklarni nishonga ola boshladi.

Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda
Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda

Pentagon ma'lumotiga ko'ra, AQSh va Britaniya dengiz kuchlari Liviya mudofaa sistemalarini ishdan chiqarish missiyasida qatnashyapti. O'rtayer dengizidagi kemalardan 100 dan ortiq raketa otilgani aytiladi.

Muammar Qaddafiyga xayrixoh harbiylar bugun oppozitsiyaning so’nggi qarorgohi – mamlakat sharqidagi Bing’ozi shahriga kirib borgan.

“Qaddafiy hukumati e’lon qilgan sulh quruq gap ekani ayon. Operatsiyani ortiq kechiktirib bo’lmaydi”, - dedi AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Parijda o’tgan matbuot anjumanida.

Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda
Ittifoqchi davlatlar Liviyada harbiy obyektlarni nishonga olmoqda

Muammar Qaddafiy Liviya uzra parvozlarni taqiqlash to’g’risidagi xalqaro hujjatni tan olmaymiz, deb ta’kidlagan.

“Liviyaga qarshi har qanday hujumni agressiya deb baholaymiz”, - deydi u.

Isyonchilarni birma-bir qirishga va’da bergan Qaddafiy dunyo yetakchilariga, jumladan AQSh prezidenti Barak Obama va BMT rahbari Pan Gi Munga noma yo’llagan.

Unda aytilishicha, Bing’ozida o’rnashib olgan isyonchilar aslida al-Qoida a’zolari va armiya ularni haydab chiqarishga haqli.

Bing’ozida Liviya muxolifati muvaqqat kengash tuzib, hukumat kuchlariga qarshi harbiy harakatlarni shu yerdan olib bormoqda.

Shahar ustida bugun bir jangovar samolyot urib tushirilgan, ammo u kimga tegishli ekani noma’lum.

XS
SM
MD
LG