Breaking News

Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti


Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti
Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti

Liviyaga qarshi harbiy operatsiyaga bosh-qosh bo’lib kelgan Qo’shma Shtatlar mas’uliyatni NATOga topshirmoqda. Alyans rahbari Anders Fog Rasmussenning aytishicha, qaror bir ovozdan qabul qilindi, jumladan Turkiya roziligi bilan.

NATOga a’zo yagona musulmon davlat Turkiya Liviyani bombardimon qilishga boshidan qarshi edi. Rasmiy Anqara operatsiya qisqa muddatli bo’lsin, aholi orasida talofatlarning oldi olinsin, deb shart qo’ygan.

NATO rahbari Anders Fog Rasmussen
NATO rahbari Anders Fog Rasmussen

Anders Fog Rasmussen deydiki, harbiy alyansning barcha a’zolari BMT rezolyutsiyasini tan oladi va uni bajarishga kirishmoqda. Bosh maqsad Liviya aholisini hujumlardan himoya qilish.

Arab mamlakatlaridan kampaniyada Qatar qatnashyapti. Birlashgan Arab Amirliklari 12 jangovar samolyot va’da qilgan.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton so’zlariga ko’ra, Liviya rahbari Muammar Qaddafiy kuchli bosim ostida, ammo unga sodiq kuchlar yengildi deyishga hali juda erta.

Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti
Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti

“Ular muxolifat qarorgohi hisoblanmish Bing’ozi shahridan chekindi, operatsiya natijasida yuzlab insonlarning hayoti saqlab qolindi. Biroq Qaddafiy nimaga qodir ekanini bilamiz”, - deydi Klinton.

Koalitsiya hujumlari so’nggi 6 kun ichida Liviya havo kuchlari va mudofaa sistemalarini butkul ishdan chiqardi. Arab davlatlarining tobora faolroq ishtirokidan mamnunmiz, deydi Amerika tashqi ishlar vazirasi.

AQSh Mudofaa vazirligi Pentagon Muammar Qaddafiyga qo’li ostidagi harbiylarga quyidagi talab bilan chiqqan:
“Tinch aholini qirishni, Qaddafiyning buyruqlariga bo’ysunishni bas qiling. Aks holda, boshingizga bombalar yog’ilaveradi”, - deydi vitse-adrmiral Bill Gortni.

Harbiy kampaniya qancha davom etishi noma’lum. Ayrim tahlilchilar nazarida Liviya rahbarini hokimiyatdan chetlatibgina mojaroga nuqta qo’yish mumkin.

Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti
Afrika Ittifoqi Liviyada urushni tugatish rejasi bilan chiqayapti

Qaddafiy rejimi xalqaro hamjamiyat talab qilgan sulhga amal qilayotganini takrorlab keladi. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bu yolg’on deydi.

“Ajdabiya, Misrata va Zitan shaharlarida hukumat kuchlari va muxolifat o’rtasida qattiq olishuv ketyapti. Mamlakat sharqi, muxolifat nazoratidagi hududlarga yurish davom etayotgani hukumat da’vo qilayotgan sulhga tamoman zid”, - deydi Pan Gi Mun.

Yaqinda Misr va Tunisga safar qilgan BMT bosh kotibi Liviya masalalari bo’yicha maxsus elchi tayinlab, uni Tripoliga jo’natgan. Muzokaralar natijasi bugun Afrika Ittifoqi majlisida muhokama qilindi.

Unda qatnashgan Liviya delegatsiyasi havo hujumlari va dengiz blokadasiga chek qo’yishni talab qilgan.

“Liviya xalqi istagan reformalarni muhokama qilishga, Afrika Ittifoqi olg’a surayotgan takliflarni ko’rib chiqishga tayyormiz. Bu qonli urushni bas qilish kerak, oddiy odamlar halok bo’layapti axir”, - deydi delegatsiya a’zosi Abdul Ati al-Obidiy.

Afrika Ittifoqi taklifi shundan iboratki, Liviyada hukumat va muxolifat o’rtasidagi janglarni to’xtatib, erkin saylovga yetaklovchi reja tatbiq etilishi kerak.

Amerika qonunchilari orasida Yaqin Sharqda yana bir urush bizni o’z domiga tortayapti, degan xavotir mavjud. Prezident Barak Obama Kongress maslahatisiz bu ishga qo’l urganlikda ayblanmoqda.

Oq uy so’zlovchisi Jey Karni deydiki, gap urush emas, BMT rezolyutsiyasini tatbiq etish haqida ketmoqda.

“Operatsiya qisqa muddatli bo’lib, ittifoqchilar quvvatlovida va ular bilan maslahatlashgan holda olib borilmoqda”.

XS
SM
MD
LG