Breaking News

Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi


Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi
Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi

Muammar Qaddafiy hukumatiga qarshi xalqaro koalitsiya hujumlaridan ruhlangan Liviya muxolifati mamlakat sharqidagi strategik shahar – Ajdabiyani qayta qo’lga oldi.

Ajdabiya oppozitsiya beshigi hisoblangan Bing’ozi shahridan 160 kilometr narida joylashgan.

AQSh, Fransiya, Britaniya, Qatar va boshqa ittifoqchi davlatlar Liviyani havo va dengizdan nishonga olar ekan, Qaddafiy hukumati urushni tugatish uchun diplomatiyani ishga solmoqda.

Mavzu Afrika Ittifoqining Efiopiyada o’tgan majlisida muhokama qilindi. Unda qatnashgan Liviya delegatsiyasi havo hujumlari va dengiz blokadasiga chek qo’yishni talab qildi.

“Liviya xalqi istagan reformalarni muhokama qilishga, Afrika Ittifoqi olg’a surayotgan takliflarni ko’rib chiqishga tayyormiz. Bu qonli urushni bas qilish kerak, oddiy odamlar halok bo’layapti”, - deydi Liviya hukumati nomidan so’zlagan Abdul Ati al-Obidiy.

Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi
Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi

Afrika Ittifoqi majlisida Muammar Qaddafiyga qarshi qurol ko’targan muxolifat vakillari qatnashmagan. Ittifoq taklifi shundan iboratki, Liviyada janglarni to’xtatib, erkin saylovga yetaklovchi reja tatbiq etilishi kerak.

Liviyaga qarshi harbiy operatsiyaga bosh-qosh bo’lib kelgan Qo’shma Shtatlar mas’uliyatni Shimoliy Atlantika harbiy bloki - NATOga topshirmoqda.

AQSh rahbari Barak Obamaning ta’kidlashicha, Qaddafiyning armiyasiga qarshi harbiy kampaniyan muvaffatiyatli kechyapti. Mamlakat havo kuchlari va mudofaa sistemalari yakson bo’lgan.

“Vashington Tayms” gazetasining Amerika va Yevropadagi manbalarga ishora qilib yozishicha, ayni damda Liviya oppozitsiyasiga qurol-yarog’ yetkazish masalasi muhokamada. Ammo aniq bir qarorga kelingani yo’q.

Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi
Liviya muxolifati strategik shaharni hukumat kuchlaridan qaytarib oldi

AQSh, BMT va xalqaro tashkilotlar Suriyada hukumatga qarshi namoyishchilar o’qqa tutilganini qoralamoqda.

Kecha Suriyaning kamida 6 shahri, jumladan Damashqda ommaviy chiqishlar bo’lib o’tdi. Xavfsizlik kuchlari o’qidan o’nlab odam halok bo’lgani aytiladi.

Xalqaro Amnistiya huquq tashkiloti tarqatgan ma’lumotga qaraganda, Daraa shahrining o’zida o’tgan bir hafta ichida 55 fuqaro o’lgan.

Obama ma’muriyati zo’ravonlikni qoralab, Suriya hukumatini namoyishchilarni qo’rqitishga harakat qilayotganlikda tanqid qildi. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya prezidenti Bashar al-Assad bilan telefon muloqotda “fuqaro huquqlarini poymol etmang” deya nasihat qilgan.

Hukmron “Baas” partiyasi Suriyani yarim asrdan buyon favqulodda qonunlar bilan boshqarib keladi.

XS
SM
MD
LG