Breaking News

NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida


NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida
NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida

NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti Liviya uzra harbiy kampaniyani qo’lga olishi mumkin.

Alyans kemalari Liviya tevaragida nazoratga kirishgan

Tripolida esa portlash va otishmalar tinmayapti.

42 yillik rahbar Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar unga qarshi bosh ko'targan muxolifat pozitsiyalari, xususan Misrata va Zintan shaharlarini bombardimon qilmoqda.

Olishuv davom etar ekan, diplomatlarning aytishicha, NATO kurashni qo’lga olish arafasida.

Liviya rahbari esa muxolifat va xalqaro koalitsiyani mag’lub etishiga ishonch bildirmoqda.

Bir hafta ko’zga ko’rinmay, nihoyat kecha davlat televideniyesida so’zlagan Qaddafiy ittifoqchi kuchlar hujumini g’arbning islomga qarshi salib yurishi deya ta’rifladi.

NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida
NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida

Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts deydiki, ittifoq havo kuchlari fuqaro orasida talofatga yo’l qo’ymaslik harakatida. “Aholi kam yashaydigan, chekka harbiy ob’yektlarni nishonga olayapmiz”, - deydi u.

AQShning Yevropa va Afrikadagi harbiy dengiz floti rahbari, admiral Samuel Loklir so’zlariga ko’ra, koalitsiya hujumlari oqibatida Qaddafiyning mudofaa sistemasi, raketa majmui ishdan chiqqan. Operatsiya samarali kechmoqda, deydi admiral.

Biroq, deydi Loklir, Qaddafiy va uning armiyasi aholiga shafqat qilayotgani yo’q. Muxolifatning aytishicha, hukumat qo’shinlari fuqarolardan qalqon sifatida foydalanmoqda.

Harbiy kampaniya boshida turgan hozircha Qo’shma Shtatlar.

Prezident Barak Obama tez kunda missiyani boshqa davlat zimmasiga yuklash ahdida qat’iy

NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida
NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida

Amerika rahbari masalani Fransiya, Britaniya va Turkiya hukumatlari bilan, xalqaro koalitsiya safiga kirgan davlat - Qadar qiroli bilan ham muhokama qilib keladi.

Obamaning aytishicha, missiyaga jalb qilingan AQSh harbiy samolyotlari soni qisqargan.

Vaziyat AQSh Kongressida qattiq munozara uyg’otgan. Ba’zi qonunchilar nazarida hozirgi sa’y-harakatlar bilan Muammar Qaddafiydan qutulib bo’lmaydi.

Respublikachi senator Lindzi Grexem fikricha, Obama ikkilanmay tezroq harakat qilishi kerak edi.

Yana bir nufuzli respublikachi senator Jon Makkeyn harbiy kampaniya ko’lamini oshirish kerak deb hisoblaydi. “Liviyada muxolifatga qurol-aslaha, treyning bilan yordam berib yuborish kerak”, - deydi u.

Ammo Senatda Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mita raisi, demokrat Jon Kerri bu fikrga qo’shilmaydi.

NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida
NATO Liviyadagi harbiy kampaniyani qo’lga olish arafasida

“Ittifoqchi kuchlar maqsadi Qaddafiydan qutulish emas”, - deydi Jon Kerri.

“BMT roziligi bilan amalga oshirilayotgan missiya Liviya xalqini himoya qilmoqda. Gumanitar yordam ko’rsatmoqda”, - deydi senator.

Ayrim qonunchilar Obama ma’muriyati Kongress bilan hisoblashmay qaror qabul qilganidan norozi

“Qonunchi organni pisand qilmalik nimasi”, - deydi ular.

Demokrat kongressmen Dennis Kusinich fikricha, prezident Obamaning harakati qonunga zid va impichmentga munosib.

Amerika Konstitusiyasiga ko’ra, urush e’lon qilish uchun Kongress ijozati kerak. Mudofaa vaziri Robert Geyts avvalroq qilgan chiqishida Liviya uzra parvozlarni man qilish operatsiyasi urushga barobar degan edi. Biroq Obama ma’muriyati nazarida Liviyadagi operatsiya urush emas.

Arab davlatlari kampaniyani qo’llab-quvvatlagan, biroq hozircha faqat Qatar ittifoqchi kuchlar safiga qo’shilgan.

AQSh rasmiylarining aytishicha, tez kunda boshqa arab davlatlari ham hissa qo’sha boshlaydi.

Turkiya, NATO a’zosi esa Liviyada koalitsiya hujumlarini tanqid qilmoqda

Bosh vazir Rajap Toyip Erdog’an harbiy missiyadan asosiy maqsad nima deb so’raydi.

Tasavvur shuki, deydi Erdgo’an, yordam bahonasi bilan G’arb aslida Liviya neft konlari, tabiiy zaxiralariga tashna. “Bu goyoki G’arbning istilosidek”, - deydi Turkiya bosh vaziri.

NATO vakili sifatida Turkiya veto huquqidan foydalanishi, alyansning harbiy kampaniyaga qo’shilishiga yo’l qo’ymasligi mumkin. Erdog’an fikricha, xalqaro missiyaga BMT bosh-qosh bo’lishi kerak.

Afrikadagi ayrim davlatlari ham e’tirozini yashirmaydi. Janubiy Afrika rahbari Jeykob Zuma otishmani zudlik bilan to’xtatishga chaqirdi.

“Muammar Qaddafiyni ag’darishga qaratilgan har qanday xorij tashabbusiga qarshimiz”, - deydi Jeykob Zuma.

Janubiy Afrika rahbari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini ma’qullaydi, lekin bu chora ehtiyotkorlik bilan joriy etilishi kerak.

Namibiya, Zimbabve, Uganda va Nigeriya ham havo hujumlarini Afrika ichki ishlariga aralashuv deya ta’riflagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG